Turkiya Afrikaning tinchlik, barqarorlik va rivojlanish borasidagi faoliyatlarini har doim qo’llaydi

Turkiya, jahon miqyosidagi ta’siri borgan sayin ortgan Afrika qit’asining tinchlik, barqarorlik va rivojlanish borasidagi say-harakatlarini butunlay qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

1208156
Turkiya Afrikaning tinchlik, barqarorlik va rivojlanish borasidagi faoliyatlarini har doim qo’llaydi

Turkiya, jahon miqyosidagi ta’siri borgan sayin ortgan Afrika qit’asining tinchlik, barqarorlik va rivojlanish borasidagi say-harakatlarini butunlay qo’llab-quvvatlab kelmoqda.  

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotda Afrika ittifoqining tashkil topgan kuni yani 25-mayning Afrika kuni deb e’lon qilinganligini eslatib o’tgan holda, ittifoq va Afrika xalqlarining bu kuni muborak bot etildi.  

Mazkur kun munosabati bilan har yili Turkiyada ham turli tadbirlar uyushtirilganligiga e’tibor qaratilgan bayonotda, bu yil Afrika kuni doirasida 23-may kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning rafiqasi Emine Erdo’g’anning mezbonligida Prezidentlik qarorgohida, Somali Prezidenti Muhammad Abdulloh Muhammad Farmajoning rafiqasi Zaynab Abdi Muallim faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan iftor dasturi uyushtirilganligi qayd etildi.

Tadbir orqali Anqaradagi Afrika mamlakatlari elchilarining rafiqalarining qo’shgan hissasi bilan tayyorlangan “Afrika taom madaniyati” kitobini tanishtirish kechasi ham o’tkazilganligi ifoda etilgan bayonotda,

“Turkiya, jahon miqyosidagi ta’siri borgan sayin ortgan Afrika qit’asining tinchlik, barqarorlik va rivojlanish borasidagi say-harakatlarini butunlay qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Afrika hamkorlik siyosatimiz asosida va 2020-yili mamlakatimizda o’tkazilishi kutilgan uchinchi Turkiya-Afrika sammiti yaqinlashgan jarayonda, Afrika mamlakatlari va Afrika ittifoqi bilan har tarmoqda hamkorligimizni rivojlantirib, hamjihatlikni davom ettiramiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #Afrika ittifoqi , #Afrika kuni , #Turkiya

Aloqador xabarlar