Prezident Erdo'g'an TRT Bosh direktor Ibrohim Eren va TRT jamoasiga hamdardlik bildirdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiya Radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) ning ingliz tilidagi  kanali TRT Worldning Angliyadagi London markaziga terror tashkiloti tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan hujum sababli TRT Bosh direktor Ibrohim Ere

1189911
Prezident Erdo'g'an TRT Bosh direktor Ibrohim Eren va TRT jamoasiga hamdardlik bildirdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiya Radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) ning ingliz tilidagi  kanali TRT Worldning Angliyadagi London markaziga terror tashkiloti tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan hujum sababli TRT Bosh direktor Ibrohim Eren va TRT jamoasiga hamdardlik bildirdi.

Prezident Erdo’g’an, hujum sababli TRT Bosh direktori Ibrohim Eren  telefon orqali muloqot qildi.

PKK tarafdori bir guruh TRT Worldning Londondagi markaziga uyushtirgan hujum bilan aloqali ma’lumot olgan  Erdo’g’an, Ibrohim Eren va TRT  jamoasiga hamdardlik bildirdi.

PKK tarafdori bir guruh, TRT Worldaning Angliyaning poytaxti Londondagi markaziga kecha hujum uyushtirgan edi.

50 kishilik terror tarafdori guruh, TRT  Worldning Grays Inn Roaddagi markaz binosining qabulxonasiga  bostirib kirib terror tashkilotning to’da boshchisi Abdulloh O’jalanning plakatlar bilan tashkilotning ramzi  bo’lgan oq mato ko’targan guruh, qabulxonani   taxminan bir soat ishg’ol etdi.

Xavfsizlik  Turnikelarini oshib o’ta olmagan terror tarafdorlari, keyinchalik  Ingliz politsiya  xodimlari tomonidan binodan tashqari chiqarilgan edi.

Ushbu voqeada TRT xodimlari va ofitserlar zarar ko'rmadi.

Terror tashkiloti tarafdorlari Yevropada  oldindan  ham Turk ish o’rinlari bilan masjidlarga hujum uyushtirib ba’zi  xorijiy media tashkilotlarini  ishg’ol etgan  edilar.  

PKK Angliyada terror tashkilotlari ro’yxatida o’rin olmoqda faqat Ingliz politsiyasi tashkilot tarafdorlariga bag'rikenglik bilan yondashgani ko’rilmoqda.

Angliyada terror bilan kurash qonuniy ko’ra,  bir terror tashkilotga oid ramz va  belgilarini ko'chib o'tish jinoyat hisoblanadi.

Tashkilot a’zolariga  ham 10 yilga qadar qamoq jazosi berilishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #TRT , #TRT World , #Hujum

Aloqador xabarlar