Turkiya, Germaniya bilan Portugaliyaga ta'ziya izhor etdi

Portugaliyaning Madeira orolida germaniyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 29 kishi jon berdi.

1186362
Turkiya, Germaniya bilan Portugaliyaga ta'ziya izhor etdi

Turkiya Portugaliyaning Madeira orolida germaniyalik 29 sayyohning umriga zomin bo’lgan halokat tufayli Germaniya va Portugaliyaga ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vaziri tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda,

“Portugaliyaning Madeira orolida yuz bergan avtohalokat oqibatida ko’plab germaniyalik sayyohning jon berganligi va tan jarohati olganligi haqidagi ma’lumotni chuqur qayg’u bilan eshitdik. Bu dahshatli halokatda jon berganlarning oilalari bilan Germaniya va Portugaliya xalqiga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Aytib o’tish joizki Portugaliyaning Madeira orolida germaniyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi nazoratni qo’ldan chiqargan va oqibatida avtobus qiyalikdan pastga qulab, bir uyning ustiga tushgan. Oqibatida 29 nafar germaniyalik sayyoh jon bergan. Jon berganlardan 11 nafarining erkak kishi, 18 nafarining esa ayol kishi ekanligini aniqlangan. Portugaliyalik haydovchi bilan gid esa yengil tan jarohati olgan.



Aloqador xabarlar