Ekrem Imamo’g’li, Istanbul shahar hokimi etib saylandi

Istanbulda 31-mart kuni o’tkazilgan mahalliy saylovlar ortidan kecha, 17-aprel kuni kimning Istanbul shahar hokimi etib saylangani ma’lum bo’ldi.

1185603
Ekrem Imamo’g’li, Istanbul shahar hokimi etib saylandi
ekrem imamoglu1.jpg

Istanbulda 31-mart kuni o’tkazilgan mahalliy saylovlar ortidan kecha, 17-aprel kuni kimning Istanbul shahar hokimi etib saylangani ma’lum bo’ldi.

Unga ko’ra Jumhuriyat Xalq partiyasi bilan Yaxshi partiya tomonidan tashkil topgan “Millet ittifoqi” nomidan nomzod etib ko’rsatilgan Ekrem Imamo’g’li, Istanbul shahar hokimi etib saylandi.

Ba’zi ovozlar turli e’tirozlar ortidan takror sanab chiqilar ekan unga ko’ra Ekrem Imamo’g’li 4 million 169 ming 765; Adolat va taraqqiyot partiyasi nomzodi Binali Yildirim esa 4 million 156 ming 036 ta ovoz olgan.

Natijalarning Oliy Saylov kengashi tizimiga kiritilishi ortidan Imamo’g’li, viloyat saylov kengashidan Istanbul shahar hokimi ekanligi haqidagi guvohnomasini oldi.

Ekrem Imamo’g’li ortidan Sarach’hanedagi Istanbul shahar hokimligi binosida Mevlut Uysaldan yangi vazifasini qabul qilib oldi.

Imamo’g’li unda,

“Shahar hokimi ekanligim haqidagi guvohnomamizni oldik. Buning uchun judayam xursand va g’ururliman. Buni 16 million insonimiz nomidan oldim. Shahar ehtiyojlarini yaxshi bilamiz. Shahar aholisining talablaridan xabarimiz bor va ularga xizmat qilish uchun tezlik bilan ish boshlaymiz” deya gapirdi.  

Shu bilan birga Adolat va taraqqiyot partiyasining Oliy Saylov kengashiga, “Istanbul saylovlarining qonunbuzarliklar tufayli bekor qilinishi” haqidagi murojaatining natijalantirilishi kutilmoqda.

Huddi shu ma’noda kecha Jumhur ittifoqi sherigi Milliyatchi Harakat partiyasi tomonidan ham murojaat qilingandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar