Fahrettin Altun ham Macronning 24-aprel qarornomasiga e’tiroz bildirdi

Macron 10-aprel kuni 24-aprelni Armanistonning qatliom iddiosiga ko’ra “Arman qatliomi qurbonlarini yodga olish kuni” deb e’lon qilgan qarornomani tasdiqladi.

1181811
Fahrettin Altun ham Macronning 24-aprel qarornomasiga e’tiroz bildirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronning 24-aprelni Armanistonning qatliom iddiosiga ko’ra “Arman qatliomi qurbonlarini yodga olish kuni” deb e’lon qilishiga Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun ham e’tiroz bildirdi.

Fahrettin Altun ijtimoiy tarmoq Twitter orqali mavzu haqida qoldirgan postida, Macronning yuqorida nomi tilga olingan qarorining “haddini bilmaslik” deb baholar ekan o’z so’zini quyidagicha davom ettirdi,

“Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronning 24-aprelni Armanistonning qatliom iddiosiga ko’ra arman qatliomi qurbonlarini yodga olish kuni deb e’lon qilishi oddiygina populizm va haddini bilmaslik harakatining namuansidir”.

Aytib o’tish joizki Macronning bu qaroriga kecha Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham e’tiroz bildirgandi.



Aloqador xabarlar