Prezident Erdo'g'an: “Go’lan tepalarining Suriyaga oid ekanligi BMT tomonidan tasdiqlangan”.

Prezident Erdo'g’an poytaxt Anqarada yoshlar bilan uchrashar ekan ayni vaqtda ular bergan savollarga javob berdi.

1172645
Prezident Erdo'g'an: “Go’lan tepalarining Suriyaga oid ekanligi BMT tomonidan tasdiqlangan”.
erdogan atakule gencler1.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Go’lan tepalarining 1967-yilgi kelishuv asosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Suriyaga oid ekanligi tasdiqlanganligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an poytaxt Anqarada yoshlar bilan uchrashar ekan ayni vaqtda ular bergan savollarga javob berdi.

Uchrashuv esa Twitter, Facebook va Instagram tarmoqlari orqali jonli olaroq namoyish etildi.

Erdo'g’an, Amerika Qo’shma Shtatlarining Go’lan tepalarini “Isroilning tuprog’i” deb tan olgan qaroriga to’xtaldi.

Unda, Go’lan tepalarining 1967-yilgi kelishuv asosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Suriyaga oid ekanligi tasdiqlanganligini va Isroil bilan hech qanday aloqasining yo’qligini eslatib o’tgan Erdo’g’an, bu ishlarning bir tomonli olingan qaror orqali hal qilinmasligini, Fransiya Davlat rahbari Makronning ham Turkiya bilan bir xil fikrda ekanligini, bu borada Putin ham bayonot berganligini ta’kidladi. Prezident Erdo'g’an shuningdek, “Trump tashlagan qadamning BMT va Xavfsizlik kengashi tomonidan tasdiqlanishi imkonsiz. Biz buni hatto Islom hamkorlik tashkiloti kun tartibiga ham olib chiqamiz” deya gapirdi.

Erdo’g’an o’z so’zida, Ko’rfazdagi musulmon davlatlarning mazkur qarorga bo’lgan munosabatiga ham e’tibor qaratdi.  

Trumpning, 9-aprelda Isroilda o’tkaziladigan umumiy saylov oldidan Binyamin Netanyahuni qo’llab-quvvatlaganligini tilga olgan Erdo’g’an,

Netanyahuning noqonuniy harakatlarga aralashganligini,  Trumpning shu niyatda Netanyahuga yordam bermoqchiligini eslatib o’tgan holda, Turkiya yolg’iz qolsa ham bu muammoni hal qilishini, bu borada turk xalqi olaroq qarorli ekanliklarini qayd etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Yangi Zelandiyada ikkita jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan va 51 nafar kishining umriga zomin bo’lgan terror hujumiga ham to’xtaldi.

DEASh terror tashkilotiga oid biri tomonidan cherkovga qarshi hujum uyushtirilgudek bo’lsa unda g’arb davlatlarining bunga e’tiroz bildirishini, hatto voqea oldida dunyoni ostin-ustin qilishini qayd etgan Erdo’g’an, Yangi Zelandiyadagi voqeada g’arbning ovozi chiqmaganligini, terroristni ham yomonlamaganligini aytib o’tdi.

O’z so’zini, “Charlie Hebdo voqeasida butun dunyo liderlari Fransiyada uchrashdi va birgalikda e’tiroz bildirdi lekin 51 nafar musulmon, jome’masjidida, ibodat chog’ida shahid qilinar ekan hech kimning ovozi chiqmadi” deya yakunladi.  


 

 



Aloqador xabarlar