Erdo'g'an Yangi Zelandiyadagi hujumga norozichilik bildirish uchun boshlatilgan kampaniyani qo’lladi

Yangi Zelandiyada ikkita jome masjidiga qarshi uyushtirilgan terror hujumi oqibatida jon bergan birinchi musulmon Davud Nabining oxirgi so’zi, “Hello Brother” yani “Salom birodarim” degan ifodasi, islom diniga qarshi kurash ramziga aylandi.

1169332
Erdo'g'an Yangi Zelandiyadagi hujumga norozichilik bildirish uchun boshlatilgan kampaniyani qo’lladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Yangi Zelandiyada jome’ masjidlariga qarshi uyushtirilgan terror hujumiga norozichilik bildirish sifatida boshlatilgan “Salom birodarim” deb nomlangan kampaniyani Twitter orqali qo’llab-quvvatladi.

Yangi Zelandiyada ikkita jome masjidiga qarshi uyushtirilgan terror hujumi oqibatida jon bergan birinchi musulmon Davud Nabining oxirgi so’zi, “Hello Brother” yani “Salom birodarim” degan ifodasi, islom diniga qarshi kurash ramziga aylandi.

TRT World, Davud Nabini “Hello Brother” degan so’zlari bilan yod etib video tayyorlar ekan mazkur video ijtimoiy tarmoqda qisqa vaqt ichida keng tarqadi.  

Prezident Erdo'g’an ham ijtimoiy tarmoq orqali TRT World tomonidan tayyorlangan videoni “Salom birodarim” degan so’zlar bilan bo’lishdi.

Aytib o’tish joizki Yangi Zelandiyaning Christchurch shahrida Al Noor va Linwood jome’ masjidlariga qarshi 15-mart juma kuni qo’l urilgan hujum oqibatida 50 kishi jon bergan bo’lib, jon berganlardan tashqari 50 kishi tan jarohati olgan edi.

Yangi Zelandiya Bosh vaziri o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Winston Peters qo’lga tushirilgan terroristning, bundan keyingi umrini bir o’zi, bitta hujrada o’tkashini bildirgan.

 



Aloqador xabarlar