Turkiya Milliy xavfsizlik kengashida davlat chegaralari xavfsizligi muhokama qilindi

Turkiya Milliy xavfsizlik kengashida mamlakatning janubiy chegaralari bo’ylab tashkil qilinishi ko’zda tutilgan terror liniyasiga aslo yo’l qo’yilmasligi ma’lum qilindi.

1167777

Kecha bo’lib o’tgan Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishiga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an rahbarlik qildi.

Kengash yig’ilishi yakuniga ko’ra, Turkiya barcha terror guruhlariga qarshi kurashni o’tmishda bo’lgani kabi xozirgi kunda ham katta g’ayrat va shijoat bilan ado etishda davom etishi qayd etildi.

Shuningdek, Suriyaning Munbich tumani va Firot daryosining sharqi terror tashkilotlaridan qutqarilmasdan turib, mintaqada barqarorlikni ta’minlab bo’lmasligi, ayni paytda qochqinlar oqimini to’xtatib bo’lmasligi ma’lum qilindi.

Yangi Zelandiyada juma kuni ikki masjidda sodir etilgan terrorchilik harakati qoralangan yig’ilishda: “Ro’y bergan hodisa batafsil muhokama qilindi. Turklarga va islomga nisbatan dushmanlikdan to’yingan muhit uyushgan jinoyatchi guruhlarni fosh etgan holda, bartaraf etishi kerakligi ifoda etildi”,-deya bayonot berildi.

Aloqador xabarlar