Prezident Erdog'an, Chanakkale dengiz zafarining 104 yilligiga bag'ishlangan marosimga qatnashdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdog'an, Yangi Zelandiyada ikki masjidga hujum qilib, 50 kishini o'ldirgan terroristning manifestiga diqqat qaratib"Istanbulni Konstantinopolga aylantira olmaysiz" dedi.

1165685
Prezident Erdog'an, Chanakkale dengiz zafarining 104 yilligiga bag'ishlangan marosimga qatnashdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdog'an, Yangi Zelandiyada ikki masjidga hujum qilib, 50 kishini o'ldirgan terroristning manifestiga diqqat qaratib"Istanbulni Konstantinopolga aylantira olmaysiz" dedi.

Prezident Erdog'an, Chanakkale dengiz zafarining 104 yilligi va shahidlar xotirasiga bag'ishlangan marosimga qatnashdi.

Gelibolu  urushida shahid bo'lganlarga  Erdog'an,

"Menim Bolqon, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Kavkazdagi barcha qarindoshlarim, ushbu mamlakatda shahid bo'lgan  va o'sha chegaralarda yashayotganlarni  tabriklayman dedi.

Allohdan barcha shahidlarga  rahmat  tilayman degan Erdog'an o'tgan bir  asrga  qaramasdan ba'zi kuchlar Turkiyaning sabrini sinashga davom  etmoqda dedi.

Erdog'an,

Ular Suriyadagi chegaramizni buzib bu yerda terror koridori tashkil etishga harakat qilmoqdalar. Iroq chegarasida ushbu rejalari mavjud. Kiprda, Sharqiy  o’rta  dengizda bizning huquqimizni zo'rlashga harakat qilmoqdalar. Egey dengizida bizni o'z yurtimizda qamashni  sinamoqdalar. Yevropada, xususan, Germaniyada, Fransiyada, bizning masjidlarimizga, uyushmalarimizga va fuqarolarimizga har yili yuzlab hujumlar  uyushtirilmoqda . Mamlakatimizda zo'ravonlik va harbiy to'ntarish  bilan  ko'chalarni sinov ko’rish uchun harakat qildilar. Iqtisodiyotimizga hujum qildi, ular millatimizni  sinab ko'rishdi. Hatto bizning mamlakatimizdan  16 ming 500 kilometr narida joylashgan,  Yangi Zelandiyadan   bizga xabarlar  yo’llab  sinab ko'rishdi.

Erdog'an, Yangi Zelandiyada sodir bo'lgan terroristik hujum borasida to’xtalib

Chanakkale urushi ustidan  104 yil o'tib, yana bir marta sizning niyatingizni tushundik. Sizning his-tuyg'ularingizni va niyatlaringizni tushunamiz. Biz sizning nafratingiz tirik ekanini tushunamiz.  50 nafar musulmonni  o'ldirganini tushundik. Biz yashayotgan yerda olayotgan nafasni  ham bizga ko’p  ko'rayotganingizni ham tushunamiz. Onado’li tomonidan Yevropa tomoniga o’ta olmaslik  tahdidini manifestda ifoda etilishini  qanday bir terrorist harakat ekanini ham tushundik. Bu  bir shaxsiy bir voqea emas, tashkilotli.” Deb qayd etdi.   



Aloqador xabarlar