Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Yangi Zelandiyadagi voqeaga munosabatini bildirdi

“Charlie Hebdo uchun miting o’tkazganlar, Yangi Zelandiyada qatl etilgan musulmonlar uchun ham miting o’tkazadilarmi? Ajabo?”,-deb yozadi Ibrohim Kalin tvitterdagi sahifasida.

1164715
Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Yangi Zelandiyadagi voqeaga munosabatini bildirdi

Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin: “Charlie Hebdo uchun miting o’tkazganlar, Yangi Zelandiyada qatl etilgan musulmonlar uchun ham miting o’tkazadilarmi? Ajabo?”-dedi.

U tvitterdagi sahifasida yangi Zelandiyada ikki masjidda sodir etilgan terrorchilik harakatiga munosabatini bildirdi.

“Charlie Hebdo uchun miting o’tkazganlar, Yangi Zelandiyada qatl etilgan musulmonlar uchun ham miting o’tkazadilarmi? Ajabo? Bu qayg’uga haqiqatdan ham hamdard bo’lganlar birgalikda motam tuta oladilar”,-deb yozadi Ibrohim Kalin tvitterdagi sahifasida.

Eslatma: 2015 yil 7 yanvar kuni Fransiya poytaxti Parijda karikatura jurnali "Charlie Hebdo" ning binosiga hujum sodir etilgan edi. Hujumda 17 kishi halok bo’lgandi.

Hujumdan so’ng, 50ga yaqin mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari ishtirokida keng ko’lamli miting o’tkazilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #"Charlie Hebdo" , #Yangi Zelandiya

Aloqador xabarlar