Turkiyaning do’stlik ko’prigi 10-qism

Joriy yilda Turkiya grand dasturiga murojaat qilgan talabalar soni 145700 nafarni tashkil qildi.

1159472
Turkiyaning do’stlik ko’prigi 10-qism

                                                            

 

Xurmatli tinchlovchilar! Dasturimizning o’tgan sonida "Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar" boshqarmasi haqida ma’lumot bergan edik. Dasturimizni qolgan joyidan davom ettiramiz.

Bugungi dasturimizda ushbu boshqarmaning asosiy faoliyatlaridan biri bo'lgan "Turkiya grandlari" dasturi haqida ma’lumot beramiz.

"Turkiya grandlari" dasturi chet mamlakatlardan Turkiyaga tahsil olish uchun kelgan talabalarni stipendiya bilan ta’minlabgina qolmasdan, ularni universitetlarga joylashtirish vazifasini ham zimmasiga oladi.  Ushbu xususiyati bilan ham boshqa davlatlarning grand dasturlaridan alohida ajralib turadi.

"Turkiya grandlari" dasturidan ko'zda tutilgan asosiy maqsad turli davlatlar orasidagi hamkorlikni qo'llab-quvvatlash, xalqlar orasidagi do'stlikni mustahkamlash, kelajakda o'z vatanida yetuk yoshlarni yetishtirish va bular orasida bir hamkorlik tarmog'ini tashkil etishdan iborat bo'lib hisoblanadi.  Shu bilan birga, ular universitet tahsilini yakunlab, o'z vataniga qaytganida Turkiyaning ramziy elchilariga aylanadilar.

Turkiya grandlari dasturidan foydalanmoqchi bo'lgan talabalarning murojaat etish tartibi, murojaat etish kunlari kabi asosiy shartlar "Turkiya grandlari dasturi"ning maxsus internet sahifasidan turk, arab, ingliz, fransuz, rus, bosniya, fors va ispan tillarida e'lon etiladi.

Hozirgi kunning o'zida 16 ming talabani stipendiya bilan ta'minlaydigan ushbu dasturning fondiga har yili 5 ming Talabani stipendiya bilan ta’minlash huquqi berilmoqda. Faqatgina shu yilning o'zidayoq grand dasturidan foydalanish maqsadida murojaat etgan talabalar soni 167 davlatdan 145 ming 700 nafarni tashkil qildi.

Bakalavr, magistratura va aspirantura tahsili uchun ham stipendiya beradigan ushbu dasturga, Turkiya fuqarosi bo'lmagan chet ellik talabalar ham murojaat qila oladi va murojaati qabul qilingan talabalarni universitetga joylashtirish vazifasini ham bajaradi.

Grand dasturiga qabul qilingan talabalarga Turkiyadagi 12 ta universitetdan birini tanlash huquqi ham beriladi.

              

               

 

 

 



Aloqador xabarlar