Ukraina Turkiyadan sotib oladigan “Bayraktar TB-2” uchuvchisiz uchish vositasini sinab ko'rmoqchi...

“Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan “Bayraktar TB-2” uchuvchisiz uchish vositasi kompleksini belgilangan kunda topshirish bo’yicha kelishib oldik. Yaqinda bu uchish vositasini amalda sinab ko’ramiz”,-dedi Ukraina prezidenti.

1158557
Ukraina Turkiyadan sotib oladigan “Bayraktar TB-2” uchuvchisiz uchish vositasini sinab ko'rmoqchi...

Ukraina Turkiyadan sotib oladigan “Bayraktar TB-2” uchuvchisiz uchish vositasi kompleksini o’z hududlarida sinovdan o’tkazmoqchi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Petro Poroshenko tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan “Bayraktar TB-2” uchuvchisiz uchish vositasi kompleksini belgilangan kunda topshirish bo’yicha kelishib oldik. Yaqinda bu uchish vositasini amalda sinab ko’ramiz”,-dedi Ukraina prezidenti Petro Poroshenko tvitterdagi sahifasida.

Petro Poroshenko yanvar oyida Turkiya bilan “Bayraktar TB-2” uchuvchisiz uchish vositasini sotib olish bo’yicha shartnoma imzolanganligini ma’lum qilgandi.

“Bayraktar TB-2” uchuvchisiz uchish vositasini Ukrainaga sotish to’g’risidagi shartnoma doirasida 6 ta “Bayraktar TB-2” ishlab chiqariladi va buyurtmalar bir yil ichida tayyor bo’ladi.

Ushbu kompleks bilan birga 3 ta hudud nazorat stansiyasi tizimi va bunga doir apparatlar ham foydalanish uchun Ukrainaga taqdim etiladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar