Chavusho'g'li, Quddus masalasining Turkiya tashqi siyosatining ustivor vazifasi ekanligini qayd etdi

Chavusho’g’li Yevropa davlatlaridagi falastinlik elchilarning konsultativ uchrashuvida ishtirok etar ekan unda Isroil tomonidan Falastinda olib borilgan siyosat bilan Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga to'xtaldi.

1155859
Chavusho'g'li, Quddus masalasining Turkiya tashqi siyosatining ustivor vazifasi ekanligini qayd etdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li,

“Quddusning tarixiy va huquqiy statusining himoya qilinishi, tashqi siyosatimizning eng ustivor va muqaddas vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan Quddusdagi adolatsizlikka, halqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish uchun har qanday chorani ko’ramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Yevropa davlatlaridagi falastinlik elchilarning konsultativ uchrashuvida ishtirok etdi.   

Tashqi ishlar vaziri unda G’azodagi g’ayriinsoniy hatti-harakatlarni davom ettirgan Isroilning, muammoni ikki mamlakat o’rtasida muloqat qilish orqali hal qilishga qaratilgan usulga murojaat qilmasdan, e’tiborsiz siyosat olib borayotganligini ifoda etgan holda,

“O’tgan yili Isroil parlamentida qabul qilingan yahudiy xarakteridagi davlat tog’risidagi qonun ham, huddi mana shu tushunchani aks ettirgan namunalardan biri edi. Bunday tashabbuslarning, muloqat va diplomatik yo’llar orqali odilona ravishda, doimiy tinchlikka yetaklovchi maqsadimizga to’siqlik qilisihiga aslo yo’l qo’ymaymiz. Isroil, noqonuiny faoliyatlarini ko’paytirgan sayin biz xalqaro maydonda tinchlik va adolat uchun yana-da ko’proq faoliyat olib borishni davom ettiramiz” dedi.

Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni ham noto’g’ri deb topganliklarini eslatib o’tgan Chavusho’g’li bu haqida,

“Eronga bunday munosabatda bo’lishlik mintaqa uchun ham xavflidir degan fikrdamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar