Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolida terror fojiasini oldini oldi

Afrin tuman markazida terroristlar tomonidan uzoqdan pult vositasida portlatilishga shay qilib qo’yilgan bomba tuzog’i aniqlanib, yo'q qilindi.

1152713
Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolida terror fojiasini oldini oldi

Turkiya Qurolli kuchlari askarlari Suriya shimolida joylashgan Afrin tumanida ulkan terror fojiasini oldini olishga muvaffaq bo’ldi.

Mahalliy politsiya kuchlari kecha tunda Afrin tuman markazida terroristlar tomonidan uzoqdan pult vositasida portlatilishga shay qilib qo’yilgan bomba tuzog’ini aniqladi.

Voqea joyiga yetib kelgan harbiy mutahassislar bombaning portlashini oldini oldi va uni yo’q qildi.

Natijada, ko’plab begunoh insonlarning nobud bo’lishining oldi olindi.

Terror tashkiloti PKK va boshqa jangari guruhlar muxolif Ozod Suriya qo’shini nazoratida bo’lgan Afrin tumanida vaqti-vaqti bilan terrorchilik harakatlarini sodir etib kelmoqda.

Ushbu guruhlarning fevral oyida sodir qilgan terrorchilik harakatlarida bir bola halok bo’ldi, 25 kishi jarohatlandi.

Eslatish joizki, Ozod Suriya qo’shini safida jang qilgan askarlar 2018 yilning mart oyida Turkiya Qurolli kuchlari himoyasida Afrinni PKK terror tashkiloti ishg’olidan qutqardi. Ular Suriya shimolini terroristlardan qo’riqlash faoliyatlarini davom ettirmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya qurolli kuchlari , #Afrin , #Suriya

Aloqador xabarlar