Le Drian:"Turkiyaning o’z chegaralari xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berishi tabiiy hol"

“Turkiyaning o’z chegaralari xavfsizligini ta’minlamoqchi bo’lganligini to’g’ri tushunish kerak. Bu tabiiy hol…”,-deya ta’kidlaydi Fransiya tashqi ishlar vaziri.

1132446
Le Drian:"Turkiyaning o’z chegaralari xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berishi tabiiy hol"

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Yves Le Drianning ta’kidlashicha, Turkiyaning o’z chegaralari xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berishi tabiiy hol.

U bu haqda senatning tashqi ishlar komissiyasi huzurida bayonot berdi.

“Turkiyaning o’z chegaralari xavfsizligini ta’minlamoqchi bo’lganligini to’g’ri tushunish kerak. Bu tabiiy hol…”,-deya ta’kidlaydi Fransiya tashqi ishlar vaziri.

U Turkiya tomonidan 4 yildan buyon aytib kelinayotgan Suriyada “xavfsiz zona” tashkil qilish rejasi savol tug’dirganligini aytdi. Bu reja hozirda AQSh tomonidan ham ilgari surilmoqda.

Uning so’zlariga ko’ra, 6 fevral kuni Vashingtonda o’tkaziladigan xalqaro koalitsiya majlisida ushbu masala yuzasidan paydo bo’lgan savollarga javob qidiriladi.

Le Drian ushbu hudud chegaralarini va kafolatchilarini muhokama qilish kerakligini ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar