General Yashar Guler amerikalik kasbdoshi Joseph Dunfordga ta’ziya izhor etdi
General Yashar Guler amerikalik kasbdoshi Joseph Dunfordga, Suriyaning Manbij shahrida kecha qo’l urilgan hujum oqibatida jon bergan Amerika askarlari tufayli ta’ziya izhor etdi.
Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler amerikalik kasbdoshi general Joseph Dunfordga, Suriyaning Manbij shahrida kecha qo’l urilgan hujum oqibatida jon bergan Amerika askarlari tufayli ta’ziya izhor etdi.
Guler va Dunford o’rtasida Belgiya poytaxti Bryusselda NATO qarorgohida matbuotga yopiq ravishda o’tkazilgan uchrashuvda, mintaqadagi oxirgi vaziyatlardan tashqari Suriyadagi hamkorlik masalalari qo’lga olindi.
Uchrashuvda Manbijda jon bergan AQSh askarlari tufayli kasbdoshiga ta’ziya izhor etgan general Gulerning, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akarning ham hamdardligini yetkazganligi ma’lum bo’ldi.
Hulusiy Akarning, “Har qanday yordamga tayyor ekanligi” aytilgan ta’ziya so’zlarining ham general Yashar Guler tomonidan amerikalik generalga yetkazilganligi qayd etildi.
Aloqador xabarlar
Erdo‘g‘an yangi konstitutsiyani qabul qilish zarurligini aytdi
Turkiyada amaldagi konstitutsiya 1982 yilda umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan.
Fahrettin Koja Jahon sog'liqni saqlash assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi
Bu yilgi sessiyada G'azodagi sog'liqni saqlash tizimi kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.