Turkiya Gambiya qurolli kuchlarini zarur harbiy ashyolar bilan ta’minladi

Turkiyadan Gambiyaga yuborilgan harbiy yordam tarkibida askarlar uchun poyafzallar, maxsus harbiy formalar va ryugzaklar o’rin olgan.

1126585
Turkiya Gambiya qurolli kuchlarini zarur harbiy ashyolar bilan ta’minladi

Turkiya Gambiya Respublikasi qurolli kuchlarini zarur harbiy ashyolar bilan ta’minladi.

Shu munosabat bilan Gambiya poytaxti Banjuldagi harbiy qarorgohda marosim o’tkazildi.

Marosimda Turkiyadan yuborilgan harbiy ashyolar tantanali ravishda Gambiya rasmiylariga topshirildi.

Gambiya harbiy bosh shtabi rahbari general Masanneh Kinteh, Turkiyaning Gambiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Ismoil Safa Yujer va boshqa ko’plab vakillar marosimda ishtirok etdilar.

Turkiyaning Gambiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Ismoil Safa Yujer marosimda so’zga chiqdi.

U so’zlagan nutqida Turkiya Gambiya qurolli kuchlarini qurol va harbiy texnikadan tashqari, boshqa har sohada qo’llab quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Ohirgi 16 yilda Turkiya Gambiya qo’shiniga harbiy ta’lim va harbiy texnika jihatidan yordam berib keldi. Bundan keyin ham yordam berishni davom ettiradi”,-dedi Turkiya elchisi.

Gambiya harbiy bosh shtabi rahbari general Masanneh Kinteh keltirilgan harbiy ashyolar tufayli Turkiyaga minnatdorlik bildirib, Gambiya qurolli kuchlarining o’z mas’uliyatini bajarishida Turkiyaning katta hissasi katta ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Shu bilan birga, Turkiya bugungacha gambiyalik 7500 askarga harbiy ta’lim berganligini aytib o’tdi.

Turkiyadan Gambiyaga yuborilgan harbiy yordam tarkibida askarlar uchun poyafzallar, maxsus harbiy formalar va ryugzaklar o’rin olgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gambiya , #harbiy texnika , #harbiy ashyo

Aloqador xabarlar