Turkiya qrim tatarlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi

Mevlut Chavusho’g’li navbatdagi “Doha forumi”da ishtirok etish uchun Qatarga borar ekan u yerda turli o’zaro uchrashuvlarni amalga oshirdi.

1107762
Turkiya qrim tatarlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi

Turkiya qrim tatarlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li qrim tatar turklarining lideri Mustafa Abduljemil Qrimo’g’li va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.

Mevlut Chavusho’g’li navbatdagi “Doha forumi”da ishtirok etish uchun Qatarga borar ekan u yerda turli o’zaro uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Forumning, “Bir-biriga bog'langan dunyoda siyosatni aniqlab olish” deb nomlangan ochilish yig'ilishi ortidan o’zaro uchrashuvlar amalga oshirgan Chavusho’g’li, qrim tatar turklarining lideri Qrimo’g’li bilan uchrashdi.   

Mintaqadagi oxirgi o’zgarishlar va qrim tatar turklarining vaziyati qo’lga olingan uchrashuvda Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, Turkiyaning qrim tatarlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi.  

Chavusho’g’li BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan ham uchrashuv o’tkazdi. Manbaalar ularning Suriya masalasini qo’lga olganliklarini qayd etmoqda.

 



Aloqador xabarlar