Suleyman So’ylu, ba’zi davlatlarning migratsiyaga yo’l ochgan siyosatini tanqid qildi

Marokkoning Marakkesh shahrida uyushtirilgan konferentsiyada ishtirok etgan Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu, dunyoning ba’zi davlatlarining majburiy migratsiyaga yo’l ochgan siyosatlarini tanqid qildi.

1104753
Suleyman So’ylu, ba’zi davlatlarning migratsiyaga yo’l ochgan siyosatini tanqid qildi

Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu dunyoning ba’zi davlatlarining terror tashkilotiga yordam berishi oqibatida migratsiyaning jadal tus olganligini ta’kidladi.

Marokkoning Marakkesh shahrida uyushtirilgan, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Konventsiyasini qabul qilish bo'yicha o’tkazilgan hukumatlararo konferentsiya”da Turkiya nomidan Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu ishtirok etdi.

Mazkur konferentsiyada nutq so’zlagan Suleyman So’ylu, dunyoning ba’zi davlatlarining majburiy migratsiyaga yo’l ochgan siyosatlarini tanqid qildi.

Terror tashkilotini qurol bilan ta’minlashning xalqaro yordam hisoblanmasligini ta’kidlagan Ichki ishlar vaziri,

“Terroristlar bilan qurol-yarog' mashqlari o’tkazish ta’lim berish degani emasdir. Dronlar yordamida terakt uyushtirish ham texnologiya tarmog’idagi islohot degani tushunchani bermaydi.  Eng muhimi mendan qurol timizi xarid qilib olgudek bo’lsangiz siz qo’l urgan jinoyatlarni ko’rmaslikka olaman degani hech qanday diplomatik munosabatga to’g’ri kelmaydi” dedi.  

“Joriy yilda 53 ming 860 kishini deport qildik. Roppa-rosa 11 oyda 5 ming 522 odam savdogarini qo’lga tushirdik. Bu borada o’tgan yilning birinchi 11 oyiga nisbatan 56 foizlik ortish kuzatildi” degan ifodalarga o’rin bergan Suleyman So’ylu, kuchli ma’lumot almashish va hamkorlik tizimi, o’rta va uzoq muddatli strategik ko’z qarash va gumanitar siyosat yordamida noqonuniy migratsiyaning oldining olinishi mumkinligini ta’kidladi.  

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi 150 dan ortiq davlat ishtirok etgan konferentsiyada bir ovozdan qabul qilingan “Xavfsizlik Konventsiyasi”ga qo’l qo’yildi.

Aytib o’tish joizki mazkur konventsiyada migratsiyaning xavfsiz ravishda amalga oshirilishi bilan birga muammoning yana-da yaxshiroq boshqarilishini o’z ichiga olgan mexanizmlar o’rin olgan.  

Avstriya, Polsha, Chexiya, Estoniya, Bolgariya, Xorvatiya, AQSh, Vengriya, Avstraliya va Isroil qonuniy jihatdan majbur emasligini nazarda tutgan holda, mazkur konventsiyaga qo’l qo’ymasliklarini oldindan xabar bergan edi.



Aloqador xabarlar