Binali Yildirim, “Terrorizmga qarshi kurashda natija olinishi qiyin”.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim Eron poytaxti Tehronda, “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda ishtirok etdi.

1103157
Binali Yildirim, “Terrorizmga qarshi kurashda natija olinishi qiyin”.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim Eron poytaxti Tehronda, “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” bo’yicha o’tkazilgan navbatdagi yig’ilishda ishtirok etdi.

Binali Yildirim mazkur yig’ilishning yakunida so’zlagan nutqida,

“Mintaqadagi muammolarning hal qilinishi va bu azoblarning tugashini xohlaymiz. Shuning uchun ham mintaqaviy hamkorlikni Eron, Rossiya va Turkiya olaroq davom ettirishda qarorlimiz” dedi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Eron Majlis raisi Ali Larijoniy, Xitoy Majlis raisi o’rinbosari Chen Zu, Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Pokiston Milliy Majlisining raisi Asad Kayser, Afg'oniston Milliy Majlisining raisi Abdul Rauf Ibrohimning ishtirokida bo’lib o’tkan yig’ilishda terror tashkilotlariga qarshi kurashdagi hakorliklar masalasini muhokama qildilar.

Terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikning muvaffaqiyatga erishishi uchun eng avvalo tushuncha va so’ylovlarda birlik tashkil etilishi kerakligini ta’kidlagan Binali Yildirim,

“Agar bitta mamlakatdagi terror tashkiloti, boshqa mamlakatda terror tashkiloti deb tan olinmaydigan bo’lsa unda terrorizmga qarshi kurashda natija olinishi qiyin. Terrorizmga qarshi kurashda o’zini fido qilgan mamlakatlar, mintaqa mamlakatlaridir. Yani terrorning ichida o’rin olgan mamlakatlar. Lekin ko’rib turganimizdek mintaqa mamlakatlari tomonidan fidokorlik qilinishiga qaramay terrorning sabaplarini, manbaalarini yaratgan ba’zi reja va maqsadlar afsuski hech qanday fidokorlik qilmay, jimgina o’tiribdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Suriyadagi ichki urush va terror voqealariga ham to’xtalgan Binali Yildirim, Turkiyaning qariyb 4 million Suriya fuqarosiga quchoq ochganligini eslatkan holda,

“Albatta buni chin ko’ngildan amalga oshirmoqdamiz lekin bu javobgarchilik xalqaro hamjamiyat tomonidan teng bo’lishilishi darkor” dedi.

Navbatdagi yig’ilishning Turkiyada o’tkazilishi haqidagi ma’lumotni ham yetkazgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim, Tehronda qo’lga olinmagan yana-da spesifik masalalarni Istanbulda qo’lga olishni va yana-da konkret natijalarga erishishni umid qilganliklarini va buning uchun tayyorgarliklarni bir yilgacha texnik saviyada amalga oshirishlarini qayd etdi.  

TBMM raisi Binali Yildirim, tashriflari ortidan Turkiyaga qaytdi.

 

 



Aloqador xabarlar