Turkiyada davlat arboblari Otaturkni xotirlash uchun Anitkabirda...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligida barcha davlat arboblari Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’ydi, hurmat ma’nosida sukut saqladi.

1085194
Turkiyada davlat arboblari Otaturkni xotirlash uchun Anitkabirda...
istanbul 10 kasim1.jpg
istanbul 10 kasim.jpg
erdogan anitkabir2.jpg
erdogan anitkabir1.jpg
erdogan anitkabir.jpg

Turkiya poytaxti Ankarada Otaturkni xotirlash masorimlari dastlab Otaturk qabri joylashgan Anitkabirda boshlandi.

Otaturk vafot etgan 1938 yildan buyon har yili 10 noyabr kuni tongi soat 09:05 da butun mamlakat bo’ylab hurmat ma’nosida sukut saqlanadi.

Bugun tongda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligida barcha davlat arboblari Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’ydi, hurmat ma’nosida sukut saqladi.

Prezident Erdo’g’an an’anaga ko’ra, Anitkabirdagi maxsus daftarga dastxat yozdi.

 “Aziz Otaturk! Istiqlol kurashimizning bosh qo’mondoni va Respublikamizning asoschisi! Vafotingizga 80 yil to’lganligi munosabati bilan sizni yana bir bor hurmat bilan yodga olamiz. Zoti oliylari va aziz shahidlarimizning omonati bo’lgan Turkiya Respublikasini badbaxtlarning hujumiga qaramay dunyoning eng kuchli va farovon davlatiga aylantirish yo’lida shaxdam qadam tashlamoqdamiz. Respublikamizning 95 yilligi arafasida ochilgan Istanbul aeroporti xalqimizning g’ururi sifatida tarixda iz qoldiradi. Ruhing shod bo’lsin!”,-deb yozadi prezident Erdo’g’an Anitkabir maxsus daftariga.

Istanbuldagi xotira marosimlari Otaturk vafot etgan Dolmabohcha saroyida bo’lib o’tmoqda.

Minglab insonlar erta tongda qo’llarida turk bayroqlari bilan Otaturkni xotirlash va unga hurmat bajo keltirish maqsadida Dolmabohcha saroyiga yo’l oldi.

Insonlar ko’zlarida yosh bilan Dolmabohcha saroyida Otaturk yotgan xonani, uning hayotdan ko’z yumgan joyni ziyorat qildilar.

Butun mamlakat bo’ylab maydonlarda to’plangan xalq Otaturkni hurmat bilan yodga oldilar, fotiha o’qidilar.

Marosimlarda hurmat ma’nosida sukut saqlandi va istiqlol gimni kuylandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar