Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Bag'dodni qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi

Turkiya kecha Iroqda yuz bergan terror hujumlarini keskin qoralagan holda terrorizmga qarshi kurash masalasida Bag'dod boshqaruvini qo’llab-quvvatlashni davom ettirajagini ma’lum qildi.

1082463

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda,

“Bag'dodning turli mintaqalarida yuz bergan va ko’pchilikning umriga va sog’ligiga zomin bo’lgan terror hujumlarini keskin qoralaymiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Bayonotda shuningdek,

“Hujumlarda jon bergan iroqlik qardoshlarimizni Ollox o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Ularning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz. Turkiya, terrorizmning har qanday turiga qarshi kurashda Iroqni qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi” deyildi.

Aytib o’tish joizki Bog’dodning turli mintaqalarida kecha yuz bergan portlashlar oqibatida 8 kishi jon bergan bo’lib, 16 kishi tan jarohati olgan edi.

Aloqador xabarlar