Chavusho’g’li poytaxt Tokioda Yaponiyada yashagan Turk fuqarolari bilan uchrashdi

Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Tokiodagi elchixonasida uyushtirilgan ziyofatda shahardagi Turk fuqarolari bilan uchrashdi.

1082227
Chavusho’g’li poytaxt Tokioda Yaponiyada yashagan Turk fuqarolari bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining qayd etishicha Turkiya bilan Yaponiya o’zaro munosabatlarni mustahkamlash va mintaqaviy masalalardagi hamkorligini orttirish uchun har doimgidan yana-da hayajonli va havaslidir.

Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Tokiodagi elchixonasida uyushtirilgan ziyofatda shahardagi Turk fuqarolari bilan uchrashdi.

Elchixonada, “Yunus Emre” nomidagi institut tomonidan uyushtirilgan va yapon san’atkorlarning miniatyura va xattotlik asarlariga o’rin berilgan ko’rgazma bilan tanishib chiqqan Chavusho’g’li, mamlakatda yashagan Turk fuqarolari bilan suhbat qildi.

Unda Yaponiyaga tunov kuni boshlagan tashrifining muvaffaqiyatli o’tganligini ta’kidlagan Tashqi ishlar vaziri tashrif chog’ida Turk fuqarolaridan kelgan talablarning yaponiyalik rasmiylarga yetkazilganligini ma’lum qildi.

Tashrif davomida shuningdek, ikkala mamlakat hamkorligining qanday orttirilishi va mustahkamlanishi masalalarining qo’lga olinganligini eslatib o’tgan Chavusho’g’li,

“O’zaro munosabatlarni mustahkamlash va mintaqaviy masalalardagi hamkorligini orttirish uchun ikki tomon ham har doimgidan yana-da hayajonli va havaslidir” deya gapirdi.

Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning chet eldagi fuqarolariga, turk dunyosiga, qardosh jamiyatlarga a’lo darajada xizmat qilishga harakat qilayotganligiga e’tibor qaratgan holda Tashqi ishlar vazirligining bu borada ham xizmati, ham xizmat sifati va tezligini orttirganligini qayd etdi.  

 

 



Aloqador xabarlar