Kun tahlili 43-qism

Unashtirilgan qizi Hatije Jengiz bilan turmush qurish uchun shu yilning 2-oktabri kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligidan ajrim to’g’risida hujjat olmoqchi bo’lgan yozuvchi Jamol Kashikchi binoga kirganicha qaytib chiqmadi.

1076191
Kun tahlili 43-qism

Unashtirilgan qizi Hatije Jengiz bilan turmush qurish uchun shu yilning 2-oktabri kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligidan ajrim to’g’risida hujjat olmoqchi bo’lgan Washington Post nashri yozuvchisi Jamol Kashikchi binoga kirganicha qaytib chiqmagan. Ortidan Hatije Jengiz turk rasmiylarini vaziyatdan boxabar qilib, uni topish uchun keng ko’lamli tergov ishi boshlatgan edi.

Dunyo ommaviy axborot vositasi tomonidan yaqindan kuzatilgan Kashikchi voqeasida turk rasmiylar vaqti-vaqti bilan yangi dalillarni bo’lishib turdi. Oqibatida Saudiya tomoni Kashikchiga nima bo’lganligi haqidagi bayonotlarini o’zgartirishga majbur bo’lib qoldi. Eng avvalo Kashikchining konsullik binosidan qaytib chiqqanligini iddio etgan Saudiya tomoni, kamera qaydlarining yo’qligini ilgari surgan holda Kashikchining konsullik binosini tark etganligi haqidagi tasvirlarni omma bilan bo’lishmadi. Istanbulga kelgan 15 kishilik o’lim guruhini „sayyohlar“ deb tanishtirgan Saudiya boshqaruvi, keyinchalik jinoyatni qabul qilgan holda, 15 kishi bilan Saudiya konsulligi xodimlaridan 3 kishini Kashikchi voqeasi urtidan nazorat ostiga oldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bilan telefon orqali o’tkazgan muloqati ortidan Saudiya tomoni Kashikchining konsullik binosida kelib chiqqan janjal natijasida adashgan holda o’ldirilganligini iddio etishiga qaramay, turk rasmiylar tomonidan omma bilan bo’lishilgan Kashikchi kaskadyorini ko’rsatgan tasvirlar va boshqa ma’lumotlar yordamida Kashikchi jinoyatining avvaldan rejalashtirilgan bir suyuqasddan ekanligi yana-da yaqqol o’rtaga chiqdi.

Saudiya Arabistoni eng avvalo jinoyatni inkor etdi. Hatije Jengizning konsullik binosi oldida unashitirilgan yigiti Kashikchini kutishi va bir muncha vaqt o'tgach xavfsizlik xodimlarini ogohlantirishi va ortidan barcha razvedka tashkiloti xodimlarining faoliyatlari natijasida jinoyatga oid muhim dalillarning qo’lga kiritilishi bilan birgalikda jarayon butunlay boshqa tomonga burildi. Saudiyaliklar anchagacha inkor etti lekin Turkiya tomonining jarayonni boshqarish qobiliyati va buni dunyo ommaviy axborot vositasi bilan bo’lishishi oqibatida tug’ilgan oyoq tirashlar bilan saudiyaliklar o’z o’rnini, pozitsiyasini o’zgartira boshladi. Eng avvalo inkor etgan bir voqeani alternativ senariylar orqali boshqarishga harakat qildi. Lekin bugungi kunda ilgari surgan iddiolari ham Turkiya va dunyo jamoatchiligi tomonidan qabul qilingani yo’q.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an so’zlagan nutqi orqali o’rtaga qoygan ma’lumotlar bilan bu jinoyatga tartib-taomil bo‘yicha, avvaldan rejalashtirilgan holda qo’l urilganligi oshkor bo’ldi. Istanbuldagi saudiyalik rasmiyning jinoyatdan oldin Riyadga ketish haqidagi rejalari, 15 kishilik o’lim guruhining Istanbulga kelganligi, Yalova va Belgrad o’rmonlarida tekshirish ishlari yuritganligi va sud tibbiyoti ekspertlarining ham guruh bilan birga ekanligi kabi muhim dalillarni Turkiya o’rtaga qoydi. Turkiya tomonidan o’rtaga qoyilgan dalilllar orqali Saudiya tomonini dalillantirgan senariy bir-biriga to’g’ri kelmayapdi.

Saudiya Arabistonga bo’lgan bosim ortgan sayin Saudiya boshqaruvi turli manyovrlarga o’tmoqda. Saudiya tomonidan asil masala Muhammad bin Salmonni jarayon va javobgarchilikdan uzoq tutishdir. Turkiya ham buni yaqqol ko’rib turgani uchun Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an so’zlagan nutqida qirol Salmon bilan Muhammad bin Salmonni alohida-alohida qo’lga oldi va natijada qirol Salmonga Muhammad bin Salmonsiz chiqish yo’li ochib bergan bo’ldi. Kashikchi voqeasidan oldin ham Saudiya manbaalari tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra Muhammad bin Salmon Jamol Kashikchini shaxsi tomonidan nishonga olgan. Avval ham Kashikchining jim bo’lishi uchun chora ko’rishga harakat qilgan edi. Saudiya Arabistoni razvedka tashkiloti raisi Asiriy Jamol Kashikchi bilan o’tkazgan uchrashuvida, uni o’z yurtiga qaytishi uchun ko’ndirishga harakat qilgan.    

Turkiyaning jarayonni strategik jihatdan qo’lga olishi natijasida Saudiya Arabistoniga qarshi xalqaro bosim paydo bo’ldi. Amerika Qo’shma Shtatlarida, Oq uy ayniqsa Muhammad bin Salmonni voqeadan tashqarida tutishga harakat qilar ekan Amerika senatining munosabati va Turkiyaning qo’lidagi hali hanuz tarqatilmagan dalillar bilan birga Muhammad bin Salmon uchun to'garak borgan sayin torayib bormoqda. Turkiyaning Kashikchi voqeasida qirol Salmonni bir tomonda ushlab turgan munosabatining Oq uyga ham aks etishi va Muhammad bin Salmonning ketishining AQSh Prezidenti Donald Trump tomonidan qayd etilishi, Muhammad bin Salmon uchun to’garakning qanchalik torayganligini yaqqol ko’rsatib turipdi. Trumpning qirol Salmonning gunohsiz ekanligiga bo’lgan ishonchini ifoda etishi ortidan, „Bugungi kunda u yer shahzoda tomonidan boshqarilmoqda. Shunday ekan birining ketishi kerak bo’lsa u ham ana shudir“ degan ma’noda baholanishi mumkin.   

Bundan keyingi jarayonda Turkiyaning yangi dalillarni qo’lga kiritishi va qo’lidagi lekin omma bilan hali hanuz bo’lishmagan dalillarning bo’lishilishi bilan birga Saudiya Arabistoninig valiaxd shahzodasining o’rni, pozitsiyasi xavf ostida qolishi mumkin.  Saud qirol oilasi ichida kuchiga otasi qirol Salmon va chet eldan olgan yordam natijasida kuch qo’shgan Muhammad bin Salmon ham otasining ham chet eldagi qo’llab-quvvatlaguvchilarining yordamini qo’ldan boy berish arafasida.

 

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 

 

 

       



Aloqador xabarlar