Turkiya Efiopiya va Eritreyaning yarashishini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya Efiopiya va Eritreya o’rtasida tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilishini xursandchilik bilan qarshi oldi.

1051458
Turkiya Efiopiya va Eritreyaning yarashishini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya Efiopiya va Eritreya o’rtasida tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilishini xursandchilik bilan qarshi oldi.  

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda quyidagi ifodalarga o’rin berildi:

“Efiopiya va Eritreya o’rtasida 1998-yili uzilgan aloqaning qayta tiklanishi uchun tinchlik shartnomasiga Eritreya Davlat rahbari Isaias Afeverki bilan Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad tomonidan 2018-yilning 16-sentabri kuni Jidda shahrida qo’l qo’yilishi xursandchilik bilan qarshi olindi. Eritreya va Efiopiya xalqlarining tinchlik va totuvligiga ijobiy hissa qo’shadigan mazkur shartnomaning Sharqiy Afrikaga tinchlik olib kelishi uchun xizmat qilajagiga ishonchimiz komil”.

Aytib o’tish joizki Eritreya 1993-yili mustaqil deb e’lon qilingan. Ortidan 1998-2000 yillari Eritreya-Efiopiya o’rtasida chegara kelishmovchiligi yuzasidan urush yuz berib, oqibatida on minglab kishi jon bergan.

Jazoirda 2000-yili qo’l qo’yilgan shartnoma ortidan Efiopiyaning ba’zi mubohasali chegaradan chiqib ketishdan bosh tortishi natijasida ikki mamlakat o’rtasidagi taranglik davom etgan edi.

Efiopiya va Eritreya liderlari tomonidan shu yilning iyul oyida bo’lib o’tgan uchrashuv ortidan tomonlar o’rtasidagi muzlar erib, tinchlik va do’stlik borasida qo’shma deklaratsiyaga qo’l qo’yilgan.

  
 

 



Aloqador xabarlar