Ibrahim Kalin, “AQSh boshqaruvi Turkiyani qo’ldan boy berish xavfi ostida”.

Ibrahim Kalin tomonidan “Turkiya-AQSh munosabatlaridagi inqirozga doir” degan sarlavha bilan qalamga olingan maqola Daily Sabah gazetasida chop etildi.

1030825
Ibrahim Kalin, “AQSh boshqaruvi Turkiyani qo’ldan boy berish xavfi ostida”.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin Amerika Qo’shma Shtatlari boshqaruvining Turkiyani qo’ldan boy berish xavfi ostida ekanligin qayd etdi.

Ibrahim Kalin tomonidan “Turkiya-AQSh munosabatlaridagi inqirozga doir” degan sarlavha bilan qalamga olingan maqola Daily Sabah gazetasida chop etildi.

Mazkur maqolasida Fetullahchi terror tashkiloti FETO tomonidan 2016-yilning 15-iyuli kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi ortidan bir necha xalqaro kommentatorning Turk davlati va iqtisodiyotining butunlay cho’kishi haqida fikr yuritganligini eslatgan Kalin, lekin Turkiyaning bu qorong’u dunyodan yana-da kuchli chiqib, siyosiy barqarorlik va iqtisodiy rivoj yo’lida shaxdam qadam tashlashni davom ettriganligini ifoda etdi.  

Kalin voqea ortidan ikki yil o’tar o’tmaz Trump boshqaruvi bilan bir ruhoniy yuzasidan paydo bo’lgan inqiroz va valyuta bozoridagi vaziyatning Turkiyani o'z qarorliligidan voz kechtirolmasligini ta’kidladi.

Bu yil Turkiyaga qariyb 40 million sayyohning kelishi kutilganligiga eslatgan Kalin, yirik davlat loyihalarini yo’lga qo’yish ishlari rejalashtirilganidek davom etganligini, bularning hammasining Turkiyaning davlat muassasalari va iqtisodiyotining qanchalik mustahkam ekanligini yaqqol ko’rsatayotganligini qayd etdi.  

Shuningdek AQSh dollaridagi spekulyativ ravishdagi o’sishlarga ham to’xralgan Kalin bu borada, “Turkiya bu qiyinchiliklarga qarshi kurash olib borishga tayyor. Aslida bu masalaning valyuta kurashi bilan hech qanday aloqasi yo’qdir. Trump boshqaruvining terror jinoyati tufayli uy qamog’idagi ruhoniy Brunson masalasi yuzasidan ikki nafar vazirimizga nisbatan sanksiya kiritsh haqidagi qarori,Turkiya-AQSh munosabatlarining buzilishiga yo'l ochdi. Turk tomonining masalani diplomatik yo’llar orqali hal qilishga harakat qilishi, yaxshi niyati va natija olishga qaratilgan yo’ndashuvlari, Trump boshqaruvining ideologik va murosasiz munosabati tufayli bir chetga qo’yib qo'yildi” dedi.

Turkiyaning xavfsizlik tarmoqdagi tashvishlarining, NATO bo’yicha ittifoqdosh bo’lgan bir davlat tomonidan jiddiy qabul qilinishini talab qilishi nihoyatda tabbiy hol ekanligini ta’kidlagan Kalin, “Lekin AQSh PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti bilan hamkorlik qilish borasida Turkiyaning e’tirozlarini inobatga olmadi. AQShdagi FETO terror tashkiloti masalasida hech nima qilgani yo’q” degan ifodalarga o’rin berdi.

Kalin, AQShning Turkiyani butunlay qo’ldan boy berish arafasida ekanligiga e’tibor qaratdi.  

Kalin bu borada, “Turkiya, qonuniy xavfsizlik tashvishlarimizni ko’rmaslikka olgan Amerika siyosatlariga qarshidir. Turkiyaga qaratilgan tahdidlarning, sanksiyalar yoki qo’polliklarning hech qanday foydasi yo’q lekin Turkiyaning qarorliligini orttiradi. Eng yomoni AQShni ham Turkiyada ham da xalqaro hamjamiyatda yakkalab qoyadi. Trump boshqaruvi bugungacha Kanada, Meksika, Kuba, Xitoy, Rossiya, NATO, Germaniya va dunyoning bir necha davlati bilan ayniqsa ichki kun tartibi masalasi yuzasidan janjal qildi. Bu vaziyat AQShning ishonchli bir do’st va ittifoq bo’lish obrusiga ziyon yetkazdi. Turkiyadagi tushuncha ham bundan farqli emasdir” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar