Turkiya delegatsiyasi Vashingtonda davlat rasmiylari bilan muzokara olib bormoqda

AQSh kotibligi voizi Heather Nauert Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga doir muzokaralar davom etganligini ma’lum qildi.

1028900

AQSh kotibligi voizi Heather Nauert: “Turk vakillar bilan qo’shimcha uchrashuvlar o’tkazdik. Muzokaralar davom etmoqda”,-dedi.

“AQSh kotibining o’rinbosari John Sullivan Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal bilan uchrashdi. Ikki vakil Turkiyada uy qamog’ida bo’lgan rohib Brunson ishini muhokama qildi. Bundan tashqari, ikki davlat munosabatlarini yaqindan qiziqtirgan bir qator mavzularda fikr almashdi”,-dedi Heather Nauert.

Ma’lumki, Vashingtonda 9 kishilik Turkiya delegatsiyasi amerikalik vakillar bilan muzokara olib bormoqda.

Muzokaralarda Turkiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal boshchilik qilmoqda.

Uchrashuvlar asosan AQSh kotibligi qarorgohida bo’lib o’tmoqda. Dastlabki uchrashuv taxminan 50 daqiqa davom etdi.

Turkiya delegatsiyasi tarkibida tashqi ishlar vazirligi, adolat vazirligi hamda hazina va moliya vazirligidan uchtadan vakil o’rin olgan.

Muzokaralarda Turkiyaning Vashingtondagi favqulodda va muhtor elchisi Serdar Kilich ham ishtirok etmoqda.

Aloqador xabarlar