Poytaxt Anqarada bugun Mudofaa sanoati ijrochi qo’mitasi yig’ilishi o’tkaziladi

Bugun yangi tizimning birinchi Mudofaa sanoati ijrochi qo’mitasi yig’ilishi Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an rahbarligida o’tkaziladi.

1027400
Poytaxt Anqarada bugun Mudofaa sanoati ijrochi qo’mitasi yig’ilishi o’tkaziladi

Yangi tizimning birinchi Mudofaa sanoati ijrochi qo’mitasi yig’ilishi Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an rahbarligida bugun, Prezidentlik qarorgohida o’tkaziladi.  

Mazkur yig’ilishda Mudofaa sanoati haqidagi loyihalar qo’lga olinadi.

Qo’mita Turk Qurolli kuchlari va Ichki ishlar vazirligining xavfsizlik tarmog’idagi ehtiyojlariga ko’ra ta’minlanishi kerak bo’lgan zamonaviy qurol, asbob va uskunalarni ishlab chiqarish masalalarini mamlakat ichidan, kerak bo’lsa chet eldan ta'minlash yo’li orqali hal qilish haqida qarorlar qabul qiladi.

Prezident Erdo'g’an tomonidan ma’lum qilingan Turkiya hukumatining 100 kunlik ishchi dasturidagi 400 loyihaning 48 tasi mudofaa tarmog’ini o’z ichiga oladi.  

Bugun o’tkaziladigan yig’ilishda huddi mana shu loyihalar ham kun tartibiga olib chiqiladi.

Shu bilan birga Amerika Qo’shma Shtatlari bilan F-35 urush uchoqlarining olinishi borasidagi sovuqlikning ham kun tartibiga olib chiqilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar