Chavusho’g’li Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi sanksiya masalasiga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyadan hech kimning zo’rovonlik va sanksiyalar orqali natija ololmasligini qayd etdi.

1026160
Chavusho’g’li Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi sanksiya masalasiga to’xtaldi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyadan hech kimning zo’rovonlik va sanksiyalar orqali natija ololmasligini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Antaliya viloyatiga qarashli Alaniya tumanidagi Adolat va taraqqiyot partiyasining yig’ilishida Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi sanksiya masalasiga to’xtaldi.  

Mevlut Chavusho’g’li bu haqida, AQSh Turkiyaga nisbatan sanksiya joriy etgudek bo’lsa Turkiyaning ham AQShga nisbatan sanksiya joriy etajagini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Singapurda Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo bilan bo’lgan uchrashuvining ham nihoyatda mazmunli o’tganligini eslatgan holda,

“Dunyoning ham mintaqamizning ham ijobiy mazmundagi kun tartibi masalalariga ehtiyoji bor. Menimcha eng ko’p Amerikaning. Bu tushuncha yordamida umid qilamanki bu muammoni ham hal qilamiz. Albatta zo’rovonlik yoki tahdid so’zlari bilan emas diplomatik muzokara va yaxshi niyatlar bilan” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Turkiyaning Yevropadagi davlatlar bilan bo’lgan munosabatini ijobiy tusda va mustahkam ravishda yuritish uchun mexnat qilayotganliklarini ham o’z so’ziga ilova etgan Chavusho’g’li, hech kimning Turkiyadan bir tomonli tashqi siyosat kuzatisihini kutmasligini ham talab qildi.    



Aloqador xabarlar