Turkiya Oliy majlisi Amerikaning Turkiyaga sanksiya berish to’g’risidagi qarorini qoraladi

Bayonnomada, AQSh moliya vazirligining amerikalik rohib Endryu Branson sababli Turkiya adliya vaziri va ichki ishlar vaziriga nisbatan sanksiyalar joriy etilgani keskin qoralanishi qayd etildi.

1024355
Turkiya Oliy majlisi Amerikaning Turkiyaga sanksiya berish to’g’risidagi qarorini qoraladi

Turkiya Oliy majlisidagi siyosiy partiyalar Amerika hukumatining Turkiyaga sanksiya berish to’g’risidagi qarorini qoraladi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Mehmet Mush, Jumhuriyat xalq partiyasi vakili Ergin Altay, Milliyatchi harakat partiyasi vakili Erkan Akchay va Yaxshi partiya vakili Yovuz Ag’iralio’g’lining imzosi o’rin olgan mushtarak bayonnomada, “AQShning tahdidlariga xalqimizning mushtarak hamjihatligi va qat’iyligi bilan “Bas!” deymiz” degan so’zlar o’rin oldi.

Bayonnomada, AQSh moliya vazirligining amerikalik rohib Endryu Branson sababli Turkiya adliya vaziri va ichki ishlar vaziriga nisbatan sanksiyalar joriy etilgani keskin qoralanishi qayd etildi.

Turkiyadagi josuslik ishiga doir sud jarayoni bahona qilinib, Turkiyani qisuvga olish va Amerika qarorlariga ko’ra harakat qilishga majburlash maqsad qilinganligiga e’tibor qaratildi.

“Bunday uslubni turk xalqining sharafi bilan rad etganligimizni, bu yo’lda tashlanadigan har qanday qadamga qarshi xalqimizning mushtarak qat’iyligini, ijro organlarining xalqaro qonunlar asosida kerakli javobni berishga haqli ekanligini e’lon qilamiz”,-deyiladi bayonnomada.

Avvalroq, Oq uy kotibi Sarah Sanders Turkiyada sudi davom etayotgan amerikalik rohib Endryu Branson sababli Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e’lon qilgandi.

Sanders: “Prezidentning buyrug’i bilan AQSh moliya vazirligi rohibning hibsga olinishida yetakchi rol o’ynagan Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga nisbatan sanksiyalar joriy etadi”,-degandi.

Bu haqda AQSh moliya vazirligi ham yozma bayonot bergandi.

“Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Endryu Bransonni hibsga olishda ro’l o’ynagan tashkilotlarni boshqarganligi uchun sanksiya ro’yxatiga olindi”,-deyiladi bayonotda.

Fathulloh Gulen harakati va terror tashkiloti PKKga yollanib, ularga josuslik qilganlikda ayblanib, 2016 yilda qo’lga olingan amerikalik rohib Endryu Branson dinni niqob qilib, ushbu terror tashkilotlariga yordam berganlikda, ular bilan til biriktirganlikda, ularning qora niyatini bilgan holda hamkorlik qilganlikda ayblanmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Amerika , #Andrev Brunson , #sanksiya

Aloqador xabarlar