Turkiyaning Diyarbakir viloyati Silvan tumanida 1 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi

Ma'lumotga ko'ra, kecha tunda Silvan suv ombori bazasi atrofida operatsiya o'tkazayotgan xavfsizlik kuchlari terror tashkiloti PKKga a'zo bir guruh jangarilar bilan otishmaga kirgan.

1011755
Turkiyaning Diyarbakir viloyati Silvan tumanida 1 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Silvan tumanida xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o'rtasida otishma ro'y berdi.

Otishmalarda 1 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

 Bu haqda Diyarbakir hokimligi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, kecha tunda Silvan suv ombori bazasi atrofida operatsiya o'tkazayotgan xavfsizlik kuchlari terror tashkiloti PKKga a'zo bir guruh jangarilar bilan otishmaga kirgan.

Otishmalarda 2 nafar xavfsizlik xodimi jarohatlangan.

Yaradorlar vertolyotda shifoxonaga olib ketilgan. Bulardan ahvoli og'ir bo'lgan xavfsizlik xodimi shifoxonada olamdan o'tgan.

Hududda harbiy amaliyot kuchaytirilgan.

 



Aloqador xabarlar