Turkiyaning Izmir va Aydin shahrida xorijlik 115 muhojir qo’lga olindi

Suriya va Iroq fuqarosi ekanligi aniqlangan muhojirlar qaydga olingach, shahar migratsiya boshqarmasiga topshirildi.

981292
Turkiyaning Izmir va Aydin shahrida xorijlik 115 muhojir qo’lga olindi

Egey dengizining Izmir va Aydin sohillarida reyd o’tkazildi.

Reyd jarayonida noqonuniy yo’llar bilan yunon orollariga o’tishga harakat qilgan xorijlik 115 muhojir qo’lga olindi.

Izmir shahrining Seferihisar tumani Dog’anbey sohilida balon qayiqlar vositasida noqonuniy yo’llar bilan yunon orollariga safarga otlangan bir guruh muhojir aniqlandi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan uyushtirilgan bosqinda 48 muhojir qo’lga olindi. Bulardan 17 nafari voyaga yetmagan yosh bolalarni tashkil qiladi.

Ular tegishli idoralarga topshirildi.

Aydin shahrining Didim tumanidagi Toshburun maahallasida olib borikgan tekshiruvlarda esa, 67 muhojir qo’lga olindi. Bulardan 30 nafari yosh bola. Suriya va Iroq fuqarosi ekanligi aniqlangan muhojirlar qaydga olingach, Shahar migratsiya boshqarmasiga topshirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Izmir , #Aydin , #muhojir

Aloqador xabarlar