Prezident Erdog'an falastinliklarga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Erdog’an Istanbulda Falastin xalqini qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilgan va 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan mitingda nutq so’zladi.

974358
Prezident Erdog'an falastinliklarga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Quddus masalasi oldida faqatgina Islom dunyosi emas ayni vaqtda insoniyat ham o’z vazifasini bajarolmaganligini qayd etdi.  

Prezident Erdog’an Istanbulda Falastin xalqini qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilgan va 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan mitingda nutq so’zladi.

Erdog’an mazkur nutqida insoniyat va musulmonlarning qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini o’z zimmasiga olgan Falastin xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Quddusning faqatgina bir shahar emas ayni vaqtda bir ramz, bir imtihon va bir qibla ekanligini eslatgan Erdog’an,

“Birinchi qiblamizni himoya qilolmasak, oxirgi qiblamizning kelajagiga ishonch bilan qarolmaymiz. Ochig’ini aytganda Islom dunyosi Quddus masalasida kerakli vazifasini bajarolmadi. Faqatgina Islom dunyosi emas ayni vaqtda insoniyat ham o’z vazifasini bajarolmadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bundan 51 yil muqaddam yani 1967-yili Quddusning bosib olinishiga ko’z yumgan Birlashgan Millatlar tashkilotining Isroil tomonidan qo’l urilgan nohaqlik va vijdonsizliklarga faqatgina tomosha qilish orqali sherik bo’lganligini ta’kidlagan Prezident Erdog’an,

“Nima uchun dunyo beshdan kattadir deganimni tushindingizmi? Agar buni tushunmasangiz unda Amerikaning qaroriga mahkum bo’lgan dunyoda zulumdan boshqa hech narsa ko’rolmaysiz” dedi.

Prezident Erdog’an Isroilning 1947-yildan beri xohlaganini qilganligini va bugungi kunda ham huddi ana shu parvosizligi bilan o’z yo’lini davom ettirganligiga e’tibor qaratgan holda, bu haqiqatlarning ko’rmaslikka olinmasligini qayd etdi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Tel Avivdagi elchixonasini Quddusga ko’chirilishi orqali Quddusning mahramiyatiga qo’l uzatilganligini ifoda etgan Erdog’an,

“Al-Aqsa masjidi borgan sayin radikal sionistlar izi bilan kirlanib bormoqda. Al-Halil jome’ masjidi esa haligacha bosib olingan vaziyatda va biz musulmonlar ularni qoralashdan boshqa hech narsa qilmayapmiz” dedi.

Erdog’an Turkiyaning ham diplomatik yo’llar orqali faoliyat olib borishi, ham da tashlagan konkret qadamlari orqali Quddus va Falastin masalasiga qarshi o’z munosabatini yaqqol ko’rsata olgan davlat ekanligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar