Prezident Erdog’an Angliyaga jo’nab ketdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Angliyaga jo’nab ketishdan oldin Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi aeroprotda, tashrifining mazmuni haqida jurnalistlarga bayonot berdi.

969698
Prezident Erdog’an Angliyaga jo’nab ketdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Angliyaga jo’nab ketishdan oldin Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi aeroprotda, tashrifining mazmuni haqida jurnalistlarga bayonot berdi.

Shu doirada Prezident Erdog’an,

“Bosh vazir Theresa Mayni o’tgan yili men ham qabul qildim.  Mazmunli uchrashuv o’tkazgan edik. Mintaqaviy va xalqaro masalalarni qo’lga olamiz. Terrorizmga qarshi kurash har ikki mamlakat uchun ham muhimdir. Undan tashqari kafil mamlakat sifatida Kiprdagi oxirgi vaziyatni ham baholaymiz” dedi.

Turkiya sifatida Birlashgan Qirollik bilan bo’lgan hamkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor berganliklarini ta’kidlagan Erdog’an,

“Shirin til forumi ham bunga ijobiy hissa qo’shmoqda. Turkiya bilan Birlashgan Qirollikning iqtisodiy hamkorligining Angliyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi ortidan ham uzluksiz davom etishini xohlaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

O’z bayonotida Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi masalasiga ham to’xtalgan Prezident Erdog’an,

“Bizni bezovta qilganlarga kerakli javobni beramiz, bezovta qilmaganlar bilan esa o’rtamizda hech qanday muammo tug’ilmaydi. PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga qarshi kurashimizni davom ettiramiz. Suriyadagi Afrin va Jarablus, buning eng muhim o’rnagi edi” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an bayonoti chog’ida shuningdek, Amerika Qo’shma Shtatlarining DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bahonasi bilan Suriyaning Manbij mintaqasiga PYD/ YPG terror tashkiloti a’zolarini joylashtirishi ortidan Turkiya bilan AQSh o’rtasida yuz bergan muammoning hal qilinishi haqidagi muzokara jarayonini ham baholadi.

Erdog’an, DEASh terror tashkiloti mag’lub qilinganidan keyin PYD/ YPG terror tashkiloti a’zolarinining mintaqadan chiqib ketishi haqida AQShning va’da berganligini eslatgan holda,

“Tel Rifat va Manbij masalasida bizga berilgan va’dalarning bajarilishi kutamiz” dedi.

Mazkur bayonotini onalarni, “Onalar kuni” bayrami bilan tabriklash orqali yakunlagan Prezident Erdog’an bu haqida,

“Onajonlarni, Onalar kuni bayrami bilan tabriklayman. Onalari omon bo’lgan barchaga, onalarining oyoqlari ostini o’pishlarini, jannatni xidlashlarini tavsiya qilgan bo’lar edim. Olloxim bizni, onasiz qo’ymasin” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar