AQShning yadroviy kelishuvdan chiqish qarori turk siyosiy muhitida salbiy baholandi

Amerika Qo’shma Shtatlarining yadroviy kelishuvdan chiqish qarori turk siyosiy muhitida ham muhokama qilinar ekan mazkur qaror Turkiyada salbiy baholanib, “omadsiz qaror” deb ataldi.

967227
AQShning yadroviy kelishuvdan chiqish qarori turk siyosiy muhitida salbiy baholandi

Turkiya, Amerika Qo’shma Shtatlarining yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan kelishuvdan chiqish haqidagi qarorini “omadsiz qaror” deya baholadi.  

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Turkiyaning avval ham Eronning yadroviy dasturi haqidagi muammoning faqatgina diplomatik muzokaralar orqali hal qilinishi mumkinligini qayd etganligi, buning uchun o’tmishda ham Turkiya tomonidan har qanday chora va tadbirning ko’rilganligi ta’kidlandi.

Bundan 3 yil muqaddam  2015-yilning iyul oyida qabul qilingan Umumiy Qo’shma tadbirlar rejasini (JCPOA), yadroviy qurollarning yoyilishining oldini olish maqsadida tashlangan muhim shaxdam qadam deya baholagan bayonotda, “Nomi tilga olingan reja eng murakkab masalalarning ham muzokaralar orqali hal qilinishi mumkinligining ko’rsatkichi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Aytib o’tish joizki mazkur qaror siyosiy muhitda ham muhokama qilindi.

Shu doirada Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin o’zining Twitter hisobi orqali mazkur qarorni, “Amerika Qo’shma Shtatlarining Eron bilan yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan kelishuvdan bir tomonli olaroq chiqib ketishi, barqarorsizlik va yangi urushlarga yo’l ochgan qarordir. Ko’p tomonli kelishuv, boshqa davlatlar bilan davom etadi. Turkiya, har doim har qanday yadroviy qurollarga qarshidir” dedi.

Iqtisodiyot vaziri ham bu vaziyatning Turkiya-Eron o’rtasidagi savdoga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini qayd etdi.

Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik esa AQShning bu qarorini noxush voqealarga yo’l ochadigan xodisa ekanligini eslatib o’gan holda, amaldagi kelishuvga ziyon yetkazishning noto’g’ri ekanligini ta’kidladi.

O’mer Chelik o’zining Twitter hisobi orqali shu haqida bergan bayonotida, Eronning yadroviy dastur haqidagi kelishuvining muhim zamin tashkil etganligini vaAtom Energiyasi bo’yicha Xalqaro Agentligi hisoboti orqali Eronning mazkur kelishuv asosida faoliyat olib borganligining ham to’g’rilaganligini ta’kidladi va o’z so’zini,

“AQShning bu kelishuvdan chiqib ketish haqida qaror qabul qilishi yana-da yaxshiroq vaziyat uchun xizmat qilmaydi” deya yakunladi.  

 



Aloqador xabarlar