Prezident Erdog’an amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada

Prezident Erdog’an amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaga borar ekan u yerda kasbdoshi Moon Jae-in tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

962371
Prezident Erdog’an amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Shimoliy va Janubiy Koreya liderlarining o’tgan hafta amalga oshirgan uchrashuvlarini, “qorquv va tashvishlarni yo’q qilgan uchrashuv” deb baholadi.

Prezident Erdog’an amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaga borar ekan u yerda kasbdoshi Moon Jae-in tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

“Chong Va De” (Moviy saroy) qarorgohidagi kutib olish marosimi ortidan Prezident Erdog’an bilan Janubiy Koreya Davlat rahbari Moon qariyb 1 soat o’zaro uchrashuv o’tkazdi.

Ortidan hay’atlararo uchrashuvga yetakchilik qilgan ikkala lider, yig’ilishning matbuotga ochiq qismida nutq so’zladi.

O’z so’zini, ko’rsatilgan mehmondo’stlik uchun Janubiy Koreya Prezidentiga chuqur minnatdorchilik bildirish bilan boshlagan Prezident Erdog’an ortidan 27-aprel kuni Janubiy va Shimoliy Koreya o’rtasida bo’lib o’tgan va dunyo tinchligi uchun jiddiy hissa qo’shadigan uchrashuvga e’tibor qaratib bu borada Janubiy va Shimoliy Koreyani shaxsi va xalqi nomidan tabrikladi. Uchrashuvni esa, “Butun dunyoni qamrab olgan qorquv va tashvishlarni yo’q qilgan uchrashuv bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Umid qilamizki qarorlilik bundan keyin ham davom etadi” deya baholadi.

Prezident Erdog’an bu jarayonda Shimoliy Koreyaning boshqa turli davlatlar bilan ham o’z uchrashuvlarini davom ettirishining, yana-da ijobiy uchrashuvlarga yo’l ochishiga ishonchi komil ekanligiga e’tibor qaratib, “Biz Turkiya sifatida bu borada zimmamizga tushgan barcha vazifalarni bajarishga tayyormiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Janubiy Koreya bilan Turkiya o’rtasida qariyb 7.5 milliard AQSh dollarlik savdo hajmining borligini qayd etgan Prezident Erdog’an, buning yetarli emasligini ta’kidlagan holda o’z so’zini,

“Buning ortishini xohlaymiz. Har ikki mamlakat ham aholi soni, ham da G-20 tarkibidagi o’rni jihatidan buni orttirish kuchiga ega. Bugungi kunda Turkiya bilan Janubiy Koreya jami 132 million aholi soniga ega. Bunday aholi salohiyati uchun bu savdo hajmi raqami judayam kamlik qiladi. Bu 10-15 milliard AQSh dollariga yetishi mumkin. Mudofaa sanoati bosh bo’lish bilan birga ilg’or texnologiya tarmoqlarida biz birgalikda amalga oshiradigan ko’p ish bor” deya tamomladi.

Ortidan Janubiy Koreya Milliy majlisiga tashrif buyurgan Prezident Erdog’an tashrifi doirasida Prezidentlik saroyida, kasbdoshi Moon tomonidan, shaxsining hurmatiga berilgan rasmiy kechki ovqat ziyofatida ishtirok etdi.

Prezident Erdog’anga turmush o’rtog’i Emine Erdog’an, Janubiy Koreya Prezidenti Monn Jae-inga esa turmush o’rtog’i Kim Jung-sook hamrohlik qildi.

Ziyofatda “Ayla” filmida koreyalik bolaning rolini o’ynagan kichik aktrisa Kim Seol ham ishtirok etdi.  

 



Aloqador xabarlar