Turkiya, Rossiya va Eron TIV bugun Moskvada Suriya muammosini qo'lga oldi

Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vaziri bugun Rossiya poytaxti Moskvada yig’ilish o’tkazar ekan, Suriyada siyosiy o’tish jarayoni kun tartibiga olib chiqildi.

960440
Turkiya, Rossiya va Eron TIV bugun Moskvada Suriya muammosini qo'lga oldi

Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vaziri bugun Rossiya poytaxti Moskvada yig’ilish o’tkazdi.

Kun tartibida Suriyada siyosiy o’tish jarayoni o’rin oldi.  

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li uch tomonli uchrashuv oldidan rossiyalik kasbdoshi Lavrov va eronlik kasbdoshi Javad Zarif bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.

Ortidan uch tomonli uchrashuvga o’tildi.

Lavrov yig’ilish ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Suriya muamosi ustidan qo’shma deklaratsiyaning qabul qilinganligini qayd etdi.

Lavrov, 

“Nima bo’lishidan qat’iy nazar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining 2254 sonli qarori va Sochidagi Suriya Milliy muloqat kengashining tavsiyalari asosidagi siyosiy yechim yo’llariga bog’lik ekanligimizni davom ettirmoqdamiz” dedi.  

Lavrov, uch mamlakatning Ostona muzokarasi doirasidagi olib borayotgan faoliyatlariga ziyon yetkazilishiga qarshi chora va tadbir ko’rajaklarini belgilab o’tgan holda,

“Bu faoliyatlarimizning davom etishi borasidagi qarorimiz qat’iy. Bu uch mamlakat Suriyadagi vaziyatni 2254 sonli qarordagi maqsadlarga erishish yo’liga takror olib chiqish uchun ham mushtarak, ham da alohida-alohida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalar ustida kelishib oldi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Lavrov bugungi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan o’tkazgan uchrashuvlarida razvedka agentliklari o’rtasidagi terroristlarning rejalari haqida ma’lumot almashilishi masalasida kelishib olganliklarini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham bergan bayonotida Suriyaning hududiy yaxlitligining himoya qilinishining mushtarak manfaatlari ekanligini belgilab o’tgan holda, bu maqsadda barcha terror tashkilotlariga qarshi kurashni davom ettirajaklarini ma’lum qildi.

Chavusho’g’li terror tashkilotiga qarshi kurash olib borgan tomonlar o’rtasida ishonch orttiruvchi choralarning rivojlantirilishi maqsadida nomi tilga olingan tomonlarning Qozog’iston poytaxti Ostonada yig’ilishi borasida kelishib olganlikarini ifoda etdi.

Chavusho’g’li muammoni doimiy hal qilishlik va Suriya xalqining tinchligi uchun barcha xalqaro hamjamiyatning bir xil maqsad ostida birlashishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning bugungacha Amerika Qo’shma Shtatlarining PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotini jiddiy ravishda qo’llab-quvvatlaganligini tushuntirish orqali AQShning 2016-yili YPGning Manbijdan chiqib ketishiga va’da berishini ta’minlaganliklarini eslatdi.

AQSh boshqaruvining bu so’zini tez-tez keyingiga qoldirganligini belgilab o’tgan Chavusho’g’li,

“Biz YPG terror tashkilotining bu yerlardan chiqib ketishini va u yerlarning o’z egalariga topshirilishini xohlaymiz” dedi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif oxirgi marotaba 15-mart kuni Qozog’iston poytaxti Ostonada o’tkazilgan Suriya haqidagi Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida uchrashgan edi.

Mazkur uchrashuvda Ostona jarayoni doirasida tashkil etilgan taranglikni kamaytirish hududlarini yo’lga qo’yishni davom ettirish haqida qaror qabul qilingan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar