Turkiya Donald Trampning 1915 yil voqealariga doir izohiga munosabat bildirdi

“AQSh prezidenti Donald Trampning 24 aprel kuni 1915 yil voqealari haqidagi yozma izohida, noto’g’ri ifodalar va tarixga doir sub’yektiv mulohazalarini qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda.

958186
Turkiya Donald Trampning 1915 yil voqealariga doir izohiga munosabat bildirdi

Turkiya AQSh prezidenti Donald Trampning 1915 yil voqealariga doir yozma izohida o’rin olgan yanglish ifodalarni va sub’yektiv mulohazalarini rad etdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“AQSh prezidenti Donald Trampning 24 aprel kuni 1915 yil voqealari haqidagi yozma izohida, noto’g’ri ifodalar va tarixga doir sub’yektiv mulohazalarini qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Turkiya AQSh hukumatining Usmoniy imperatorligi tarkibidagi barcha xalqlar katta aziyatlarni boshidan o’tkazgan bir davrni haqqoniy ko’z-qarash bilan baholashidan umidvorligi qayd etildi.

“Prezident Trampga o’sha davrlarda arman isyonchilar ishtirokidagi voqealar oqibatida 500 mingdan ziyod musulmon qatl etilganligini eslatishimiz mumkin. Turkiya tarixshunoslardan iborat qo’shma komissiya tuzish orqali tarixning ushbu qora kuniga aniqlik kiritilishini taklif qiladi. Turkiya shu maqsad bilan o’z arhivlarini komissiya uchun foydalanishga topshirdi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, 1-Jahon urushida halok bo’lgan Usmoniy imperatorligi tarkibidagi armanlar bu yil ham 24 aprel kuni Istanbul Arman patrikxonasida o’tkazilgan diniy marosimda katta hurmat ehtirom bilan 800 yillik turk-arman do’stligiga yarashadigan shaklda yodga olindi.

“AQSh hukumatiga prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning ushbu marosimga yo’llagan maktubini diqqat bilan ko’zdan kechirishni tavsiya qilamiz. Erdo’g’an bu maktubda Turkiyaning ushbu nozik masalaga bo’lgan yondashuvini aks ettirgan. Bu maktubda Usmoniy armanlarining nabiralariga hitob qilingan”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp armanlar tomonidan “1915 yil voqealarini xotirlash kuni” sifatida qabul qilingan 24 aprelda qilgan izohida, o’tgan yili bo’lgani kabi bu safar ham arman tilida “buyuk falokat” ma’nosini bildirgan “Meds Yeghern” ifodasini tilga oldi.



Aloqador xabarlar