Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Rossiyaga safar qildi

Nihat Zeybekchi poytaxt Moskvada Turkiya-Rossiya hukumatlararo qo’shma komissiya rahbari va energetika vaziri Aleksandr Novak hamda Rossiya qishloq-ho’jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan uchrashdi.

957433
Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Rossiyaga safar qildi

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi kecha Rossiyaga safar qildi.

Nihat Zeybekchi poytaxt Moskvada Turkiya-Rossiya hukumatlararo qo’shma komissiya rahbari va energetika vaziri Aleksandr Novak hamda Rossiya qishloq-xo’jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan uchrashdi.

Nihat Zeybekchi bilan Aleksandr Novak o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya va Rossiya o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar muhokama qilindi.

Qolaversa, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda ijobiy o’zgarishlar va o’zaro muammolarni hal qilishga bo’lgan qat’iylik ko’zdan kechirildi.

Zeybekchi Rossiya qishloq-ho’jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan bo’lgan uchrashuvda qishloq xo’jaligi sohasida yaqindan hamkorlikka doir faoliyatlar muhokama qilinganligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar