Turkiyada qo'lga tushgan afg’onistonlik 6846 nafar mehnat muhojiri deport qilindi

Afg’onistonlik 6846 nafar mehnat muhojiri Erzurum, Ag’ri va Izmir shaharlaridan Kobulga uyushtirilgan 9 ta charter reyslarida vataniga qaytarib yuborilgan.

953048
Turkiyada qo'lga tushgan afg’onistonlik 6846 nafar mehnat muhojiri deport qilindi

Turkiyaga Eron orqali noqonuniy yo’llar bilan kelgan afg’onistonlik 6846 nafar mehnat muhojiri deport qilindi.

Bu haqda migratsiya boshqarmasi yozma bayonot berdi.

“Ish qidirish maqsadida Eron orqali noqonuniy yo’llar bilan Turkiyaga kelgan afg’onistonlik muhojirlar Erzurum va boshqa viloyatlarda chegarachilar tomonidan qo’lga olingan”,-deyiladi bayonotda.

Tartibsiz muhojirlar oqimini to’xtatish maqsadida zarur idoriy qarorlar olingan va muhojirlarning barmoq izi qaydlari olinib, kerakli rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Afg’onistonlik 6846 nafar mehnat muhojiri Erzurum, Ag’ri va Izmir shaharlaridan Kobulga uyushtirilgan 9 ta charter safariga qo’shimcha ravishda odatdagi reyslar bilan vataniga qaytarib yuborilgan.

Kelgusi kunlarda rejalangan yana 4 charter safari orqali afg’on muhojirlar xavfsiz ravishda mamlakatiga qaytarilishi ma’lum qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya , #mehnat muhojiri , #deport

Aloqador xabarlar