Noqonuniy yo’llar orqali Gretsiyaga otlangan chet ellik 27 kishi qo’lga tushdi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik tumanida, noqonuniy yo’llar orqali Gretsiyaning Lesbos oroliga borishga harakat qilgan chet ellik 27 kishi qo’lga tushdi.

949408

Kuchukkuyu-Assos soh’il yo’lida patrullik qilgan jandarmeriya xodimlari Arikli qishlog’idan Lesbos oroliga qarab yo’l olish uchun tayyorgarlik ko’rgan bir guruhga duch keldi.   

Ortidan boshlatilgan amaliyot natijasida Suriya, Janubiy Afrika, Togo va Angola fuqarosi ekanligi aniqlangan chet elliklar qo’lga tushdi.

Aytib o’tish joizki ular orasida ayollar va bolalarning ham borligi aniqlandi.

Kuchukkuyu Jandarmeriya markaziga olib kelingan chet elliklar, kerakli ma’muriy tamoyil ortidan Ayvajikdagi Chet elliklarni qaytarib yuborish markaziga topshirildi.

Aloqador xabarlar