Nihat Zeybekchi Parijda hamkasbi Bruno Le Maire bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Fransiya poytaxti Parijda "Turkiya-Fransiya Iqtisodiy va savdo sherikligi qo’mitasi" yig’ilishida rahbarlik qildi.

949187
Nihat Zeybekchi Parijda hamkasbi Bruno Le Maire bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchining qayd etishicha Fransiya bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi o’tgan 2017-yili 14.7 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Kelasi yili ikki mamlakat bu raqamni 20 milliard yevroga chiqarishni rejalashtirmoqda.   

Nihat Zeybekchi Fransiya poytaxti Parijda, Turkiya-Fransiya Iqtisodiy va savdo sherikligi qo’mitasining navbatdagi yig’ilishida rahbarlik qildi.

Iqtisodiyot vaziri Zeybekchi shu doirada Fransiya Iqtisodiyot vaziri Bruno Le Maire va Fransiyaning Yevropa ittifoqi va Tashqi ishlari bo’yicha vaziri Jean-Baptiste Lemoyne bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.

Ortidan jurnalistlarga Fransiyaga bo’lgan tashrifi haqida ma’lumot bergan Nihat Zeybekchi Fransiyada turk va fransuz ishbilarmonlari o’rtasida yig’ilish o’tkazilganligini ham o’z so’ziga ilova etgan holda,

Turkiya bilan Fransiya birgalashib boshqa davlatlarda qanday faoliyatlar yuritishi mumkinligi masalasini baholaganliklarini; Turkiya-Fransiya Eximbanklarining, ikki mamlakat firmalarining boshqa davlatlarda va Turkiyada, shuningdek Fransiyadagi mushtarak amaliyotlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash imkonlarini qo’lga olganliklarini; Afrika bilan Yaqin Sharq masalalarini imkonlar, savdo-sotiq va iqtisodiyot jihatidan muhokama qilganliklarini ifoda etdi.

Yevropa ittifoqi va Tashqi ishlari bo’yicha vaziri Jean-Baptiste Lemoyne bilan bo’lgan uchrashuvida esa ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmining ko’tarilishi borasida bugungacha Turkiya va Fransiya tomonidan belgilab olingan rejalarga to’xtalganliklarini eslatgan Nihat Zeybekchi,

Lemoyne bilan Turkiya Yevropa ittifoqi o’rtasidagi Bojxona ittifoqi masalani qo’lga olganliklarini; Fransiya bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmining o’tgan 2017-yili 14.7 milliard AQSh dollarini tashkil etganligini; kelasi yili bu raqamni 20 milliard yevroga chiqarishni rejalashtirganliklarini, buning ustida alohida-alohida faoliyat olib borajaklarini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar