Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 zenit-raketa tizimlari 2019 yili Turkiyaga topshiriladi

Turkiya mudofaa sanoati maslahatchisi Ismoil Demir Twitterdagi hisobida bu haqda ma'lum qildi.

944110
Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 zenit-raketa tizimlari 2019 yili Turkiyaga topshiriladi

Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 zenit-raketa tizimlari 2019 yilning iyul oyida Turkiyaga topshiriladi.

Turkiya mudofaa sanoati maslahatchisi Ismoil Demir Twitterdagi hisobida kecha prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan Turkiya va Rossiya o’rtasidagi oliy darajali hamkorlik yig’ilishida ishtirok etganligini ma’lum qildi.

Mazkur yig’ilishda ikki davlat o’rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan.

“S-400 zenit-raketa tizimlarini xarid qilishga doir Rossiya bilan Turkiya o’rtasida imzolangan shartnomadagi topshirish kuni oldinga ya’ni, 2019 yilning iyul oyiga ko’chirildi”,-dedi Turkiya mudofaa sanoati maslahatchisi Ismoil Demir.



Aloqador xabarlar