Yildirim:“Ba’zi do’stlarimizni vaqtinchalik aldashlari mumkin, lekin Turkiyani alday olmaydilar"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Suriyada tuzilgan “Suriyaning kelajagi” nomli yangi partiya haqida munosabatini bildirdi.

940105
Yildirim:“Ba’zi do’stlarimizni vaqtinchalik aldashlari mumkin, lekin Turkiyani alday olmaydilar"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Suriyada tuzilgan “Suriyaning kelajagi” nomli yangi partiya haqida munosabatini bildirdi.

Binali Yildirim 2 kun oldin davlat tashrifi bilan Bosniya Gersegovinaga safari oldidan aeroportda muhbirlarning savollariga javob berdi.

Suriyaning Rakka shahridagi majlisda tuzilgan “Suriyaning kelajagi” nomli yangi partiyaga doir savolga javob bergan Binali Yildirim: “Ba’zi do’stlarimizni vaqtinchalik aldashlari mumkin, lekin Turkiyani alday olmaydilar”,-dedi.

“Bular doimo to’xtovsiz joyini va nomini o’zgartirib kelganligini aytib keldik. Suriyada boshqa nom bilan, Iroqda boshqa nom bilan paydo bo’ldilar. Lekin, oxiri bularning kim ekanligi fosh bo’ldi. Biz bularni qanday niqob kiyishiga qaramay yaxshi taniymiz. Ba’zi do’stlarimizni vaqtinchalik aldashlari mumkin, lekin Turkiyani alday olmaydilar”,-dedi Binali Yildirim.

Eslatma: Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD va YPG boshchiligida bir tomonlama e’lon qilingan Shimoliy Suriya federatsiyasi bilan Rakka, Deyr-uz Zor va Halabdan arablar, turkmanlar va suryoniylardan iborat jami 700 vakil ishtirokida o’tkazilgan majlisda “Suriyaning kelajagi” nomli yangi partiya tuzilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar