“Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida yana 2 askar shahid bo’ldi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti chog’ida kecha yana 2 askar shahid bo’ldi.

938237
“Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida yana 2 askar shahid bo’ldi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti chog’ida qo’lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlab ketishi oqibatida 2 askar shahid bo’ldi.

Turk Qurolli kuchlari mavzu haqida bergan bayonotida,

“Zaytun novdasi amaliyoti doirasida 2018-yilning 26-marti kuni Afrinda amalga oshirilgan tekshiruv faoliyatlari chog’ida qo’lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlab ketishi oqibatida 2 nafar qahramon do’stimiz shahid bo’ldi” deyildi.

Undan tashqari Turkiyaning Hatay viloyatining Arsuz tumani chetida davom etgan havo amaliyoti chog’ida, hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan 11 terrorist yo’q qilindi.

Bugun ertalab Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi shu haqida bayonot berdi.

Mazkur bayonotda Iroq shimolidagi Qandil mintaqasidagi harbiy qismlarga qarshi hujum qilishga tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan PKK terror tashkilotiga qarshi 2018-yilning 22-marti kuni uyushtirilgan havo hujumi haqida ham ma’lumot berildi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra yuqorida nomi tilga olingan amaliyotda 41 terrorist yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar