Bozdag’, Germaniyada turk ibodatxonalari nishonga olingan hujumlarga to'xtaldi

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag’, Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

928155
Bozdag’, Germaniyada turk ibodatxonalari nishonga olingan hujumlarga to'xtaldi

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag’ Germaniyadagi Turk ibodatxonalariga qarshi uyushtirilgan hujumlarga to’xtalar ekan mazkur davlatga nota berilganligini qayd etdi.

Bozdag’, Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti doirasida shahar markazining ham yaqinda terroristlardan qutqarilajagini belgilab o’tgan Bozdag’, Turk Qurolli kuchlari tomonidan 20-yanvardan beri yo’q qilingan jami terroristlar sonining 3381 nafarga yetganligini qayd etdi.

Amaliyot boshlaganidan beri 42 terroristning yo’q qilinganligini belgilab o’tgan Bozdag’, “Yaqinda Afrin markazi ham terroristlardan qutqariladi” dedi.

Bozdag’ shuningdek, TQKning mintaqada tinch aholini nishonga olmaganligini yana bir bor ta’kidladi.

Bekir Bozdag’, Germaniyada Turk ibodatxonalarini nishonga olgan terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganlarga ham to’xtalar ekan bu haqida, u yerdagi turklarning xavfsizligidan Berlin hukumatining mas’ul ekanligiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, “Bu jarayonda jazoga tortilganlarga duch kelmadim. Germaniya davlatining jimjirtligi o’ylantirdi va bugun Germaniya elchixonasiga nota berildi” deya gapirdi.

Bosh vazir o’rinbosari Bozdag’, Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Suriyaning Manbij mintaqasining terroristlardan tozalanishi masalasida ma’lum nuqtaga kelinganligini ham eslatib o’tgan holda, “Kelishib olinmagudek bo’lsa Turkiya terroristlarni yo’q qilish masalasida qarorli” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bekir Bozdag’, Shimoliy Iroqdagi terroristlar masalasida esa Iroq hukumati bilan olib borilgan uchrashuvlarning ijobiy natijalanganligini ma’lum qildi.

Amaliyotning qachon boshlanishi haqidagi savolga esa Bozdag’, “Uni amaliyot boshlaganida birgalikda ko’ramiz. Bu haqida hech kim mendan aniq javob kutmasin. Bizning raketa va askarlarimizni ko’rganlarida kelganligimizni ham tushunib yetadi” deya gapirdi.  

 

 



Aloqador xabarlar