Prezident Erdog’an BMTXKning Suriya haqida qabul qilgan qarorini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an BMTXKning Suriya haqida qabul qilgan qarorini tanqid qilar ekan, qabul qilingan qarorga amal qilinmasligiga esa qattiq e’tiroz bildirdi.

923955
Prezident Erdog’an BMTXKning Suriya haqida qabul qilgan qarorini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriyada rejim kuchlari tomonidan qurshab olingan Sharqiy Guta mintaqasida davom etgan insoniy fojia muammosini hal qilolmagan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga e’tiroz bildirgan holda, “Dunyo beshdan kattadir” degan so’zini takrorladi.  

Prezident shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya Buyuk Millat Majlisida, o’z partiyasi yig’ilishida nutq so’zladi.

Prezident Erdog’an ushbu nutqida 24-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan va Suriyada o’q uzishni to’xtatishga qaratilgan qarorga amal qilinmaganligi va BMTXKning, Bashar al-Asad rejimining xalqaro yordamlarga monelik qilish tashabbuslarini jimjirt tomosha qilib o’tirishiga e’tiroz bildirdi.

Prezident Erdog’an,

“Sharqiy Gutadagi voqealar odamgarchilikka to’g’ri keladimi? Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida qaror qabul qilindi lekin amal qilinmagan qarorning odamgarchilik uchun hech qanday foydasi yo’q. Siz faqatgina odamlarni aldayapsiz. Biz bekordan bekor dunyo beshdan kattadir demayapmiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turkiyaning, Turkiyadan tashqarida olib borgan amaliyotlariga ham e’tibor qaratgan Erdog’an,  

“Amerika Qo’shma Shtatlarida istiqomat qilgan bir kishi o’z yurtining minglab kilometr uzoqligida olib borilgan amaliyotlarni o’zining xavfsizligi deb hisoblamoqda. Turkiya amaliyot yuritganida esa vaziyat o’zgarmoqda” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an,

“Turkiyaning Afrinda, al-Bobda xullas Suriyada nima qilmoqchi ekanligini yurtimiz va do’stlarimiz yaxshi biladi. Aslida terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganlar ham” dedi.

Turkiyaning shimolida terror tashkilotiga ruxsat bermasliklarini ta’kidlagan Prezident Erdog’an,

“Yurtimiz chegaralari bo’ylab terror yo’laklari tashkil etish uchun rejim (Suriya) bilan ham kelishib olinganiga qaraganda ular faqatgina bitta nuqtani nishonga olgan bo’lishi mumkin; u ham bo’lsa Turkiyadir. Afrinda biz qo’lga kiritgan nuqtalardagi barcha okoplar, tuzoqlar, qurol stvollari afsuski yurtimizga qaratilgan vaziyatda edi” dedi.  

Yevropa davlatlarining muhojirlarga bo’lgan muomalasini ham tanqid qilgan Erdog’an,

“Yevropa davlatlarining sohil xavfsizlik xodimlari muhojirlarining puflangan qayiqlarini teshib, ularni dengizga, o’limga tark etar ekan biz, hech qanday shart qoymagan holda xar bir gunohsiz insonning jonini qutqarish bilan ovoramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  



Aloqador xabarlar