Gambiya prezidenti Adama Barrov 14 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi

Gambiya prezidenti Adama Barrov bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an o’rtasida o’zaro va kengaytirilgan hay’atlararo uchrashuv va muzokaralar bo’lib o’tadi.

908510
Gambiya prezidenti Adama Barrov 14 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi

Gambiya prezidenti Adama Barrov Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan 14 fevral chorshanba kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, tashrif chog’ida Gambiya prezidenti Adama Barrov bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an o’rtasida o’zaro va kengaytirilgan hay’atlararo uchrashuv va muzokaralar bo’lib o’tadi.

Shuningdek, Turkiya va Gambiya Respublikasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar har tomonlama muhokama qilinadi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Ushbu ziyorat Gambiya bilan Turkiya o’rtasidagi mavjud aloqalarning yanada rivojlanishiga hissa qo’shadi.



Aloqador xabarlar