Istanbulda, Sulton Abdulhamid Xon yodga olindi

Istanbulda vafotining 100-yilligida Sulton Abdulhamid Xon yodga olindi.

908116
Istanbulda, Sulton Abdulhamid Xon yodga olindi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan “Payitaht Abdulhamid” (Poytaxt Abdulhamid) deb nomlangan serialning boshqa tillarga tarjima qilingan holda, dunyoning turli davlatlariga eksport qilinishi kerakligini qayd etdi.  

Prezident Erdog’an Istanbuldagi Yildiz saroyida “Vafotining 100-yilida Sulton Abdulhamidni tushinib yetish” deb nomlangan dasturda ishtirok etdi.

Prezident Erdog’an ushbu dasturda tarixiy voqealarning bir millatni millat qilganligini, uning ongini, tabiatini va xarakterini shakllantirganligini eslatib o’tkan holda turk tarixi bilan faxrlanganligini, dunyodagi har millatning ham bunday tarixga ega bo’lavermasligini ta’kidlab, tarixdan saboq olishni kanda kilmaganliklarini belgilab o’tdi.

Abdulhamid Xonni eng yirik strategik ahamiyatga ega bo’lgan shaxsiyatlardan biri deb hisoblaganliklarini ta’kidlagan Prezident,

“Abdulhamid Xonning ‘birlik va birdamlik har bir kuchdan ustundir’ degan so’zlari bugungi kunda ham davlatimiz va millatimizning har bir faoliyatida rahbarlik qilishni davom ettirmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

“Payitaht Abdulhamid” seriali kabi bir serialni tomoshabinlar e’tiboriga havola qilgan TRTga ham minnatdorchilik bildirgan Erdog’an bu serialning dunyoning boshqa davlatlariga tezlik bilan eksport qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Erdog’an tarixshunos professor Ilber Ortayli aytganidek oxirgi dunyo imperatori Sulton Abdulhamidni hurmat bilan yod etganligini qayd etdi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar