Bekir Bo’zdag’:"Gollandiya-Turkiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlar davom etmoqda”

Turkiya bosh vaziri o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bo’zdag’ Gollandiyaning Turkiyadagi elchisi chaqirib olingani to'g'risida tarqalgan iddaolarga munosabatini bildirdi.

904330
Bekir Bo’zdag’:"Gollandiya-Turkiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlar davom etmoqda”

Turkiya bosh vaziri o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bo’zdag’ Suriyaning Afrin tumanida Turkiya qurolli kuchlari tomonidan olib borilayotgan harbiy amaliyotlarda havo maydonidan keng foydalanilganligini ma’lum qildi.

Bekir Bo’zdag’ vazirlar kengashi yig’ilishida so’zlagan nutqida: “Terror tashkiloti YPGga berilgan qurollar Turkiyaga qarshi qo’llanilmoqda. Suriyaning qayeridan bo’lishidan qat’iy nazar Afrin tumaniga yetkazilgan har qanday qurol-aslaha va o’q-dorilar Turkiyaga qarshi jangda ishlatilmoqda. Bularni ko’rishimiz zahoti portlatamiz yoki qo’lga olamiz”,-dedi.

Bekir Bo’zdag’ Gollandiyaning Turkiyadagi elchisi chaqirib olinishi xususida, “Zotan bir yildan beri Turkiyada Gollandiyaning elchisi yo’q edi. Bo’lmagan elchilarini qayta chaqirib olinganini ma’lum qildilar. Bu biz uchun yangilik emas. Barchaga ma’lum bo’lgan narsa. Lekin, Gollandiya bilan Turkiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlar davom etmoqda”,-dedi.



Aloqador xabarlar